Sisoyev: Afg‘oniston tinchligi – ShHT xavfsizligi garovi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYevgeniy Sisoyev
Yevgeniy Sisoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT HATT rahbari uyushgan terrorchilar guruhini zararsizlantirish uchun “ShHT + Afg‘oniston” formatidagi muzokaralarni qayta tiklashni taklif qildi.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Afg‘oniston tinchligi – ShHT xavfsizlik garovi, dedi Shanxay hamkorligi tashkilotining Hududiy aksilterror tuzilmasi(ShHT HATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev, Toshkent anjumanida.

Rossiyskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Markaziy Osiyo beshligi orasidagi hamjihatlikni yuqori baholadi

Sisoyev aytishiga qaraganda,  Suriya va Iroq hududida kuchli bosimga duch kelayotgan ID terrorchilari Markaziy Osiyo va Afg‘oniston hududiga sizib oqib kelmoqda. Bu yerda ular yashirin terrorchi guruhlar tashkil qilmoqda.

Ayni damda Afg‘oniston shimolida 3000 ga yaqin terrorchilar joylashib olgan. Ulardan 80 % xorijiy fuqarolardir. Terrorchilar orasida Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari  fuqarolari ham bor.

IShID Afg‘onistonda “Viloyati Xurosan” nomli yangi islomiy davlati tashkil qilib unga Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Bangladesh va Markaziy Osiyo hududlarini qo‘shib olishni niyat qilgan.

“Ushbu uyushgan terrorchilar guruhini zararsizlantirish uchun “ShHT + Afg‘oniston” formatidagi  muzokaralarni qayta tiklash kerak. HATT terrorchilikka qarshi kurashda 15-yillik tajribaga ega. Bu safargi suhbatda Hindiston va Pokiston ham ishtirok etadi. Ularning boy tajribasi tashkilotning aksilterror salohiyatini yanada oshiradi”, — dedi Sisoyev.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent anjumanida Afg‘oniston prezidenti, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, BMT, YeI, NATO va KXShT maxsus vakillari hamda Qatar, AQSh, Fransiya, Italiya, BAA va Yaponiya TIV vakillari ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0