12:45 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
Skripal ishi (27)
65111

Rossiya tashqi ishlar vazirligini Kimyoviy qurolni taʼqiqlash tashkiloti texnik kotibiyatiga London tomonidan qanday maʼlumotlar taqdim etilgani, shuningdek, KQTT Britaniyada yuz bergan hodisa boʻyicha mahalliy surishtiruv ishlari qay tarzda olib borilayotgani haqida maʼlumotlarga egaligi qiziqtirmoqda

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Moskva Kimyoviy qurolni taʼqiqlash tashkilotiga "Skripal ishi" bilan bogʻliq 13ta savolni yoʻlladi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot-xizmati.

Rossiya tashqi ishlar vazirligini Kimyoviy qurolni taʼqiqlash tashkiloti texnik kotibiyatiga London tomonidan qanday maʼlumotlar taqdim etilgani, shuningdek, KQTT Britaniyada yuz bergan hodisa boʻyicha mahalliy surishtiruv ishlari qay tarzda olib borilayotgani haqida maʼlumotlarga egaligi qiziqtirmoqda.

Bundan tashqari, Moskvani tashkilot texnik kotibiyati Ijroiya qoʻmita(tarkibiga Rossiya davlati ham kiradi) bilan Britaniya tomonidan olingan maʼlumotlarni oʻrtoqlashish niyati bor-yoʻqligi qiziqtirmoqda.

Rossiya tomon shuningdek, hodisa joyiga qanday ekspertlar borishgani, namunalar tahlili qaysi laboratoriyalarda oʻtkazilishi va dalillarni toʻplash jarayoni tashkilotning bosh tamoyillariga muvofiq boʻlganligi borasida ham tushuntirishlar berilishini soʻramoqda.

KQTT majlisi 4 aprel kuni boʻlib oʻtadi. U matbuot uchun yopiq tarzda oʻtkaziladi.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini taʼkidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qatʼiy inkor etib kelmoqda.

Oʻtgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Norvegiya, Ukraina va baʼzi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qoʻlladi.

Mavzu:
Skripal ishi (27)
Teglar:
OZXO, Buyuk Britaniya, Skripal ishi, Moskva

Asosiy mavzular