10:00 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
Skripal ishi (27)
61030

Nashr maʼlumotiga koʻra, huquq tartibot organlari zaharlovchi modda, xususan grechkada boʻlgan boʻlishi mumkinligini inkor etmayapti

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizini tarkibida A234 moddasi boʻlgan grechka yordamida zaharlashgan boʻlishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bu haqda The Sun tabloidi oʻz manbasiga tayanib xabar bergan.

Nashr xabariga koʻra, huquq tartibot organlari Skripallarning yirik tibbiy kompaniya xodimi boʻlgan bir tanishini soʻroq qilishgan. Ayol zaharlangan grechkani olib oʻtishga aloqador boʻlishi mumkinligi gumon qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Skripal oʻz qizi Yuliyadan Rossiyadan kasha, lavr barglari va turli ziravorlarni olib kelishni soʻragan.

Ammo Yuliya soʻrlagan narsalarni xarid qilishni yoddan chiqarib qoʻygan va boshqa reys bilan Buyuk Britaniyaga uchayotgan dugonasidan bu borada iltimos qilgan. Yuliyaning tanishi tibbiyot kompaniyasida faoliyat yuritishi taʼkidlanmoqda. Uni politsiya soʻroq qilgan.

Nashr maʼlumotiga koʻra, huquq tartibot organlari zaharlovchi modda, xususan grechkada boʻlgan boʻlishi mumkinligini inkor etmayapti.

Ekspertlarga koʻra, "Novichok" singari moddani samolyotda bilimsiz olib oʻtish mumkinmas. BMTning biologik qurol boʻyicha komissiyasi sobiq aʼzosi boʻlgan harbiy ekspert Igor Nikulinga koʻra, OAVlarda aytilayotgani kabi zaharning "chemondan"da olib oʻtilishi ishonchsiz dalil, chunki modda oʻtkir hidga va tezkor taʼsirga ega.

Uning aytishicha, bu singari asab tolalarini falaj qiluvchi gazlar 2-3 daqiqa ichida odamni oʻldirishi mumkin.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini taʼkidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qatʼiy inkor etib kelmoqda.

Oʻtgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Norvegiya, Ukraina va baʼzi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qoʻlladi.

Mavzu:
Skripal ishi (27)

Asosiy mavzular