06:27 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
Skripal ishi (27)
85710

"Kim birinchi boshlagan boʻlsa, oʻsha birinchi boʻlib toʻxtashi lozim, biz bolalar oʻyinini oʻynayotgandek boʻlishni xohlamayman, ammo bizning sheriklar aynan shu ish bilan shugʻullanmoqda", - deb taʼkidladi "Skripal ishi" boʻyicha matbuot-anjumanida Lavrov

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, "Skripal ishi" tufayli Gʻarb bilan boʻlayotgan diplomatik urushlarga izoh berar ekan, ular qay darajada chuqur tus olishi Moskvaga bogʻliq emasligini taʼkidladi.

"Diplomatiyada javob qaytarish tamoyili bor, uni hech kim bekor qilgan emas, va bu tamoyil izchillik bilan qoʻllaniladi. Agar avval bolalikda gapirilganidek kabi gapiradigan boʻlsak, — kim birinchi boʻlib boshlagan boʻlsa, oʻsha toʻxtashi kerak. Biz bolalar oʻyinini oʻynayotgandek singari ish tutishni xohlamaymiz, ammo hozircha bizning sheriklar aynan shu ish bilan shugʻullanmoqda", — dedi Lavrov bangladeshlik hamkasbi bilan oʻtkazgan uchrashuvi yakunida oʻtkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Lavrovning soʻzlariga koʻra, Gʻarb oʻylab topilgan bahonalar bilan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi va bu bilan dialog uchun imkoniyatni qisqartirdi.

Manfaatli tomonlar

Rossiya Tashqi ishlar mahkamasi rahbari, "Skripal ishida" kimning manfaati borligi borasida ham toʻxtalgan. Uning soʻzlariga koʻra, bu oʻldirish litsenziyasi bilan harakat qilish imkoniyati bilan mashhur britaniyalik maxsus xizmatlar hamda Brexit omadsizliklaridan saylovchilar eʼtiborini chalgʻitish maqsadida boʻlgan hukumat  uchun koni foyda boʻlishi mumkin.

Vazir "Skripal ishi" boʻyicha ekspertlar qatorida koʻplab davlat rahbarlari tomonidan berilayotgan bir qator savollar borligini taʼkidladi. "Britaniyalik hamkasblar oʻyinni chuqurlashtirib yubordi va endi ular javobdan qochib ketolmaydi", — dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbari Rossiya nomiga ayblovlar saylovlar oldidan va futbol boʻyicha jahon chempionati arafasida paydo boʻlganiga eʼibor qaratdi. Vazir navbatdagi bor Rossiyaning ushbu jinoyatni sodir etishga hech qanday asosi boʻlmaganini qatʼiy taʼkidladi.

"Bu inson bir necha yil avval Rossiya vakillariga almashuv doirasida avf etilgan edi. Agar bu odamga qandaydir eʼtiroz boʻlganida, u almashtirilmas edi", — dedi Lavrov.

Bundan tashqari, Rossiya TIV rahbari Britaniya Rossiyani hech qanday dalillarsiz, kimyoviy qurolni taqiqlash boʻyicha konventsiyada nazarda tutilgan jarayonlarni bajarmay aybdor qilganini taʼkidlab oʻtdi.

"Hujjatga koʻra, har qanday boshqa davlatga nisbatan shubha-gumoni boʻlgan davlat oʻsha davlatga murojaat qilishga toʻliq haqli va hatto bu uning burchi. Oʻsha davlat esa koʻpi bilan oʻn kun ichida toʻlaqonli javob qaytarmogʻi shart. Agar murojaat qilayotgan davlar bu javoblarni yetarli deb topmasa, u KQTT ijroiya kengashining navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishga haqli. Konventsiyada bir qator shartlar belgilab qoʻyilgan", — deb hikoya qildi Ravrov dushanba kuni oʻtkazilgan matbuot-anjumanida.

Ammo Lavroning taʼkidiga koʻra, London ushbu jarayonlarni bajarmay turib, Rossiya nomiga ayblovlarni ilgari surdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu Britaniya uchun "qonun yozilmagani"ni isbotlab bermoqda.

Lavrov Rossiya zaharlanish boʻyicha barcha tafsilotlarni aniqlashtirishda qatʼiy turishini maʼlum qildi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda Moskvaning Skripallar boʻyicha Londonga qilgan barcha murojaatlari yoki rad etilmoqda yoki javobsiz qolmoqda. Lavrovga koʻra, agar Britaniya boʻlib oʻtishi kutilayotgan KQTT Ijroiya qoʻmitasi kengashida "Skripal ishi" boʻyicha Rossiyaning savollariga javob bera olmasa, bu hodisa boshdan oxirigacha fitna boʻlganligini anglatadi.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini taʼkidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qatʼiy inkor etib kelmoqda.

Oʻtgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Norvegiya, Ukraina va baʼzi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qoʻlladi.

Mavzu:
Skripal ishi (27)
Teglar:
Buyuk Britaniya, Skripal ishi, Lavrov, Moskva

Asosiy mavzular