12:11 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
Skripal ishi (27)
738 0 0

Suhbat davomida josusning qizi "hammasi yaxshi, hammasini iloji bor, hamma tirik", deydi

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. "Rossiya 1" telekanalidagi "60 minut" ("60 daqiqa") koʻrsatuvi Yuliya Skripalning amaki opasi Viktoriya bilan suhbatini eʼlon qildi.

Suhbat davomida josusning qizi "hammasi yaxshi, hammasini iloji bor, hamma tirik", deydi.

Otasining ahvoli haqidagi savolga javob berar ekan, Yuliya u hozir normal holatdaligini, uxlayotganini aytdi. Ayol shuningdek, "hammaning sogʻligʻi normal holatdaligini, hech kimda tuzatib boʻlmas narsa yoʻqligini" taʼkidlab oʻtdi. Dastur boshida boshlovchilar kuni kechqurun boʻlib oʻtgan telefon suhbati yozuvini Viktoriya Skripalning oʻzi berganligini aytib oʻtishgan.

Shu bilan birga boshlovchilar bu yozuv haqiqiyligini ular tasdiqlay olmasliklarini ham maʼlum qilishgan.

Oʻtgan haftada Yuliya Skripalning ahvoli yaxshilangani haqida xabarlar paydo boʻldi. Ayol oʻziga kelib, gapirishni boshlagani aytilgandi. Sergey Skripal esa jonlantirish boʻlimida qolmoqda.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi.

Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini taʼkidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qatʼiy inkor etib kelmoqda.

Oʻtgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Norvegiya, Ukraina va baʼzi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qoʻlladi.

Shu kunlarda Britaniya Rossiya tomonning Solsberidagi hodisa boʻyicha birgalikda surishtiruv oʻtkazishi haqidagi taklifini rad etdi. London shuningdek Moskvaga Sergey Skripal va uning qizi bilan aloqaga imkon qoldirmayapti.

Mavzu:
Skripal ishi (27)
Teglar:
josus, Skripal, Mey, Moskva, London

Asosiy mavzular