01:12 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
49010

"Oqilov 149 nafar arizachidan 130 nafariga nisbatan jinoyat sodir etganligini tan oldi. Sud jarayoni avvalida Oqilov, shuningdek, oʻz aktsiyasi vaqtida halok boʻlgan besh kishining qotili ekanligida iqror boʻldi", - deb xabar qilmoqda Shvetsiya radiosi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻtgan yilning aprel oyida Stokgolmda teraktni amalga oshirganlikda ayblanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov sudda iqrorlik koʻrsatmasini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti Shvetsiyaning SR radioasiga tayangan holda.

2017 yilning 7 aprel, juma kunida Stokgolm markazidagi yoʻlovchilar yuradigan koʻchalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. Oradan 500 metrdan ziyod masofa oʻtgach, u Åhlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok boʻlgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati roʻy bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda Oʻzbekiston fuqarosi 40 yashar Rahmat Oqilov gumon qilinmoqda. U jinoyat sodir etilgan kunda hibsga olingan va oʻsha vaqtdan buyon qamoqda saqlanib kelinmoqda.

Terakt boʻyicha sud 13 fevral kuni boshlangan va 9 may kuni yakunlanadi. Sud hukmi iyun oyining ikkinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda. Sudga yoʻnaltirilgan hujjatlarda 150 nafar jabrlanuvchilar ismlari sanab oʻtilgan.

Qoralovchi tomon Oqilovga umrbod qamoq jazosi berilishini va uning keyinchalik Shvetsiya hududiga kirishni umrbod taʼqiqlash sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini qatʼiy talab qilmoqda. Oqilov, terroristik jinoyatni sodir etganlik va terroristik jinoyatni sodir etishga urinish yoki xavfsizlikka tahdidni yuzaga keltirganlikda ayblanmoqda.

Oqilov qoʻlga olingach, darhol terroristik jinoyatni sodir etganlikka iqror boʻlgan va shu paytgacha boʻlgan vaqt davomida tergov bilan hamkorlik qilgan.

Shvetsiya radiosi izohiga koʻra, chorshanba kuni Stokgolm sudi terakt sodir boʻlgan joyda boʻlgan va uning oqibatida jarblangan jabrlanuvchilarni eshitishni tugatgan.

"Oqilov 149 nafar arizachidan 130 nafariga nisbatan jinoyat sodir etganligini tan oldi. Sud jarayoni avvalida Oqilov, shuningdek, oʻz aktsiyasi vaqtida halok boʻlgan besh kishining qotilligida iqror boʻlgan", — deb xabar qiladi radiostantsiya.

Oqilov ishi boʻyicha sud eshituvi payshanba kuni davom etadi va bunda halok boʻlganlarning qarindoshlari koʻrsatmalari taqdim etiladi.

Teglar:
sud, Shvetsiya, Stokgolm, Raxmat Akilov

Asosiy mavzular