06:31 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
220 0 0

Qirgʻiziston Jokorgu Keneshining 19 aprel kuni oʻtkazilayotgan yalpi majlisida Hukumatga nisbatan ishonchsizlik bildirilishi masalasi muhokama qilindi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Jogorku Kenesh koʻpchilik ovoz bilan Sapar Isakov rahbarligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirdi, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Ilgariroq boshqaruv koalitsiyasiga kiruvchi SDPK va "Qirgʻiziston" fraktsiyalari Vazirlar mahkamasi hisobotini qoniqarli deb topgan edi. Koalitsiyaning uchinchi ishtirokchisi — "Bir Bol" — uni tinglamagan. Ungacha esa parlament oppozitsiyasi ("Onuguu — Progress", "Ata Meken" va "Respublika — Ata-Jurt" fraktsiyalari) Hukumatning 2017 yil uchun hisobotini qoniqarsiz deb topgan.

Deputat Mirlan Bakirovning taʼkidlashicha, bugun parlamentda tarixiy voqea yuz bermoqda, nega deganda Jokorgu Kenesh ilk marotaba hukumatga ishonchsizlik votumini bildirmoqda.

Ovoz berish yakuniga koʻra(101 deputat ovoz bergan), Jokorgu Kenesh Vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik bildirishi haqidagi qarorni qabul qilgan. 

Hukumatga ishonchsizlik bildirilganidan keyin prezident Vazirlar mahkamasining isteʼfosi haqida qarorni qabul qilishga yoki Jokorgu Kenesh qaroriga eʼtiroz bildirishga haqli.

Oʻtgan yilning avgust oyiga qadar hozirgi prezident Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston Bosh vaziri boʻlgan. Uning saylovlar tufayli isteʼfosidan keyin Vazirlar Mahkamasiga Sapar Isakov rahbar boʻlgan edi.

Teglar:
yosh vazir, Sapar Isakov, isteʼfo, Qirgʻiziston hukumati

Asosiy mavzular