21:10 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
130010

Bizning yigitlarimiz tayyor. Va men oʻylaymanki, biz, generallarga subʼyektlar rahbarlari vakolatidan voz kechib... davlatimiz yaxlitligini himoya qilish uchun oldinga harakatlanish vaqti keldi", - deb aytgan Qodirov

TOSHKENT, 24 apr — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov "Rossiya 24" telekanali efirida agar shunga talab boʻlsa, respublika rahbari vakolatini zimmasidan sokit qilib, oʻz vatanini jangchi sifatida himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

Ilgariroq xuddi shu intervyuda Qodirov Suriyada yuzaga kelgan vaziyatni Rossiyaga bosim oʻtkazish deya baholagan edi. Qodirov, shuningdek, "agar shunday davom etaversa, Rossiya kuch usullarini qoʻllashga majbur boʻladi", — deya taʼkidladi.

"Men siyosatga jangchi sifatida kirib kelganman. Va mening sevimli ishim — jang qilish asnosida xalq va davlatni himoya qilishdir. Shu bois har qanday murakkab topshiriqni bajarishga tayyormiz — Bosh qoʻmondon nima desa, shunday boʻladi. Bizning yigitlarimiz tayyor. Va men oʻylaymanki, biz, generallarga subʼyektlar rahbarlari vakolatidan voz kechib… davlatimiz yaxlitligini himoya qilish uchun oldinga harakatlanish vaqti keldi", — deb aytgan Qodirov.

Teglar:
Rossiya, Checheniston rahbari, Ramzan Qodirov

Asosiy mavzular