Rossiyada "Novichok" savdoga chiqarildi

Obuna bo‘lish
Rossiyada, vanihoyat “Novichok” topildi - ulyanovsklik fermer “Novichok” nomli kungaboqar yog‘i ishlab chiqara boshladi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Ulyanovskda bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jalik ko‘rgazmasida Aleksey Yakushev ismli fermer “Novichok” kungaboqar yog‘ini taqdim etdi.  

Mahsulot etiketkasida qilich va qalqon hamda qizil yulduzcha tasvirlangan va “SSSR KGBsi tavsiya etadi” deb yozilgan.

Fermer so‘zlariga qaraganda, Britaniya hech qanday asossiz Rossiyani kimoviy qurol bilan zaharlashda  ayblagani unga yoqmagan va u shunday javob o‘ylab topgan.

“Mana endi Rossiyani ayblayotganlar “Novichok” topdik desa bo‘ladi”, — deb hazil qildi Yakushev.

Fermer aytishiga qaraganda, u ishlab chiqarayotgan yog‘ ekologik toza va foydali mahsulot bo‘lib, u xaridorlarga yaxshi kayfiyat ham ulashmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0