Sallivan toliblarni Afg‘oniston hukumati bilan hamkorlikka chaqirdi

© REUTERS / Omar SobhaniAfganistan
Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi vazifasini bajarayotgan Jon Sallivanga ko‘ra, AQSh "Tolibon" yetakchilarini o‘zlarining chet eldagi boshpanalaridan qaytishga va Afg‘oniston kelajagi ustida konstruktiv ish olib borishga chaqirmoqda

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. AQSh Davlat kotibi vazifasini bajarayotgan Jon Sallivan "Tolibon" radikal harakatining bahorgi hujum haqidagi bayonotlarini qoraladi va toliblarni Afg‘oniston hukumati bilan hamkorlik qilishga chaqirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Sovmestnoe foto uchastnikov konferensii po Afganistanu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani: kutilgan reaksiya, AQSh pozitsiyasi va tinchlik sulhi
"Biz "Tolibon"ning bahorgi hujum haqidagi bayonotlarini ko‘rdik. Bu bayonot "Tolibon" o‘sha, yiliga minglar afg‘onlar hayotiga nuqta qo‘yayotgan, xavfsiz bo‘lmagan vaziyat uchun javobgar ekanligini tasdiqlaydi", — deyilgan Sallivanning yozma bayonotida.

U shuningdek, prezident Ashraf G‘ani yaqinda toliblarga tinchlik jarayonida ishtirok etish taklifini berganligini eslatib o‘tdi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSh "Tolibon"ga qarshilik ko‘rsatayotgan afg‘on xalqi va xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

"Yaqinda prezident G‘ani ham aytgani kabi, "Tolibon" o‘zining o‘qlari va bombalarini bulletenlarga aylantirmog‘i zarur. Ular o‘z nomzodlarini turli mansablarga ko‘rsatishlari lozim. Ular ovoz berishlari kerak. Biz "Tolibon" yetakchilarini o‘zlarining chet eldagi boshpanalaridan qaytishga va Afg‘oniston kelajagi ustida konstruktiv ish olib borishga chaqiramiz", — deb xulosa qilgan Sallivan.

Afg‘oniston parlament va kengashlariga saylovlar 2018-yilning oktabr oyiga rejalashtirilgan. Mamlakatdagi saylovchilarni ro‘yxatga olish ishlari 14-apreldan boshlab yuborilgan. Saylovchilarni ro‘yxatga olish ishlari boshlangach Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Tolibon" radikal harakatiga tinchlik jarayoniga siyosiy harakat sifatida qaytishni va saylovlarda ishtirok etishni taklif etgan edi. Toliblar ushbu taklifga rad javobini berdi.

Yangiliklar lentasi
0