Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya yetakchilari 9-may kuni Tokioda uchrashadilar

© Sputnik / Natalia SeliverstovaVid na gorod Tokio
Vid na gorod Tokio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiodo agentligi shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri uch tomonlama sammit o‘tkazilishi haqidagi rejani rasman tasdiqlagani haqida xabar bergan. Sammit "doirasida" olti yarim yil deganda ilk bor Janubiy Koreya prezidentining Yaponiyaga tashrifi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya yetakchilari 9-may kuni Tokioda uchrashadilar. Uch mamlakat yetakchilari Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladilar, deya rasman e’lon qildi seshanba kuni Seul ma’muriyati.

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya rahbari Kim Chen Inga ichida yangi iqtisodiyot loyihasi bo‘lgan fleshkani topshirdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe, XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsan va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Pxanmunjomada bo‘lib o‘tgan koreyalararo sammit yakunlari, shuningdek, mintaqa hamda dunyodagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Kiodo agentligi shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri uch tomonlama sammit o‘tkazilishi haqidagi rejani rasman tasdiqlagani haqida xabar bergan.

Sammit "doirasida" olti yarim yil deganda ilk bor Janubiy Koreya prezidentining Yaponiyaga tashrifi bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0