12:03 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
63410

Ekspertning aytishicha, bugungi kunda "ID" daromadlari oyiga taxminan 3 million dollarni tashkil qilmoqda. Butun dunyo boʻyicha yoyib tashlangan "Al-Qoida" yacheykalarining umumiy daromadi esa 20-40 million dollardir

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining daromadlari "Islom davlati" uyushmasining daromadlaridan 10-20 barobar ortiq va oyiga taxminan 40 million dollarni tashkil qiladi, deb taʼkidladi jurnalistlarga payshanba kuni Rossiya TIVning yangi chaqiriqlar va tahdidlar masalalari boʻyicha departament rahbari oʻrinbosari Dmitriy Feoktistov. RIA Novosti xabari asosida.

""Islom davlati" jangarilarining vodorodlarni sotishiga toʻsiq qoʻyilgach, bunga albatta, birinchi navbatda, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari olib borgan faoliyat tufayli erishildi, ushbu terrorchilik uyushmasining moliyalashtirish kanallari "boʻgʻib" qoʻyildi.

Shu bois, hozirda "ID" daromadlari oyiga taxminan 3 million dollarni tashkil qilmoqda. Butun dunyo boʻyicha yoyib tashlangan "Al-Qoida" yacheykalarining umumiy daromadi esa 20-40 million dollarni tashkil qiladi", — dedi Feoktistov.

Teglar:
"Islom davlati", Al-Qoida, terrorchilik uyushmasi, ID

Asosiy mavzular