11:57 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
80110

Putinning inauguratsiyasiga taklif etilganlar orasida Rossiyaning birinchi prezidenti bevasi Naina Yeltsina ham bor

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi marosimiga taklif etilgan mehmonlarga Kreml Spasskaya minorasi tasviri tushirilgan va "Moskva. Kreml. 2018 yil 7 may" deb yozilgan esdalik kumush medali taqdim etiladi.

Kurantlardagi millar kun yarmini koʻrsatmoqda — aynan shu vaqtda saylangan prezidentning oʻz vazifasiga kirishi bilan bogʻliq tantanali marosim boshlanadi.

RIA Novosti xabariga koʻra, medalning orqa tomonida ikki boshli burgut tasvirlangan va "V.V.Putinning Rossiya prezidenti vazifasiga kirishishi" deb yozilgan boʻladi. Taklifnoma bilan birgalikda mehmonlarga yogʻochdan yasalgan, ichi baxmalli quticha taqdim etiladi. Qutichada esdalik medali joylashtirilgan boʻladi.

Shuningdek, inauguratsiya dress-kodi ham maʼlum boʻldi: bu toʻq rangdagi kostyum va oddiy uzunlikka ega koʻylak.

Qayd etilishicha, Putinning inauguratsiyasiga taklif etilganlar orasida Rossiyaning birinchi prezidenti bevasi Naina Yeltsina ham bor.

Rossiya prezidentining oʻz lavozimiga tantanali kirishishi marosimi 7 may kuni Kremlda boʻlib oʻtadi.

Teglar:
Kreml, inauguratsiya, Rossiya, Putin

Asosiy mavzular