Putin inauguratsiyasiga mehmonlar kelishni boshladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSeremoniya inauguratsii izbrannogo prezidenta RF V.Putina
Seremoniya inauguratsii izbrannogo prezidenta RF V.Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu inauguratsiya marosimi Putin uchun to‘rtinchisi bo‘ladi. Putin keyingi olti yil davomida mamlakatni boshqaradi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yangi prezidentlik muddatiga qayta saylangan Vladimir Putin bugun davlat rahbari lavozimini bajarishga kirishadi.

Ushbu inauguratsiya marosimi Putin uchun to‘rtinchisi bo‘ladi. Putin keyingi olti yil davomida mamlakatni boshqaradi.

An’analarga ko‘ra, inauguratsiya marosimi davlat rahbarining bosh qarorgohi — Katta Kreml saroyida o‘tkaziladi.

Tadbir 50 daqiqa davom etadi, u rossiyaning old telekanallari va radiostansiyalari tomonidan yoritiladi.

Inauguratsiya soat Moskva vaqti bilan 12.00da boshlanadi, ammo shu paytgacha mehmonlarning aksariyat qismi tashrif buyurishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning inauguratsiyasi marosimiga besh mingdan ortiq kishi taklif etilgan.

Yangiliklar lentasi
0