Putin va Trampning limuzinlari solishtirildi

© AFP 2023 / JIM WATSONLimuzin dlya Donalda Trampa
Limuzin dlya Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika jurnalistlari AQSh va Rossiya prezidentlarining limuzinlari taqqoslab chiqildi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. AQShning Newsweek nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "Kortej" loyihasidagi avtomobili va AQSh prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobili solishtirib chiqdi.

"Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida AQShning an’anaviy tashqi siyosatiga zid bo‘lgan va "dunyoni ajablantirayotgan ajoyib munosabatlar" yuzaga kelgan. Biroq ularning ikkisini yuqori sinfdagi limuzinlarga muhabbat birlashtiradi", — deb yozadi Tom O'Konnor.

Nashr Putinning mashinasini tahlil qilib, u Rolls Royce Phantom va Rolls Royce Ghost limuzinlariga o‘xshashligini ta’kidlaydi.

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishAvtomobil Aurus korteja prezidenta RF
Avtomobil Aurus korteja prezidenta RF - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil Aurus korteja prezidenta RF

Nashrning ma’lum qilishicha, "Kortej"da 12 silindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u Trampning limuzinidagi 8 silindrli dvigateldan ancha kuchli. Bundan tashqari, Trampning "Yirtqich" deb nom olgan limuzini Kortejdan 1,5 tonna og‘irroq.

© JIM WATSON / AFPAvtomobil prezidenta SShA Donalda Trampa
Avtomobil prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil prezidenta SShA Donalda Trampa

"Yangi avtomobil ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zidan avvalgi mashinadan ustunroq bo‘ladi. Rossiya bu borada uzoq vaqt oldinda bo‘lishi dargumon", deb aytilgan nashrda.

Yangiliklar lentasi
0