15:04 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Uchastniki protestov na territorii Ramallы v Palestine protiv resheniya SSHA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya

Qarsaklar va oʻq tovushlari. AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirishi nimasi bilan xavfli

© Sputnik / Issam Al-Rimawi
Dunyoda
Havola olish
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
39001

AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirib, buni tantana bilan nishonlayotgan bir vaqtda, falastinliklar norozilik namoyishlariga chiqishmoqda. Dushanba kechga tomon kelib, toʻqnashuvlarda 40dan ortiq falastinliklar, shu jumladan bir bolakay halok boʻldi, 1,7 mingdan ziyodi jarohatlandi

TOSHKENT, 14 may — Sputnik, Mariya Yefimova, Vladimir Ardayev. Oʻzining 70 yilligiga Isroil davlati AQShdan sovgʻa oldi: Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirishdi. Tantanali marosimga okean ortidan basavlat mehmonlar tashrif buyurdilar, Donald Tramp barcha yigʻilganlarni videoaloqa orqali qutladi.

Gʻazo sektori chegaralarida esa bu vaqtda oʻz noroziligini bildirayotgan falastinliklar va Isroil kuchlari oʻrtasida qonli toʻqnashuvlar davom etar edi — halok boʻlganlar soni qirqdan oshdi.

Sovgʻalar va snaryadlar almashinuvi

Marosimning kulminatsion nuqtasi — Bosh konsullik binosi yozuvining almashtirilishi boʻldi. Endilikda bu yerga elchi oʻzining yordamchilari bilan joylashadi. Diplomatik missiyaning asosiy xodimlari Tel-Avivda qoladi — toʻliq koʻchishga kamida olti yil ketadi.

Ammo shunga qaramay Isroilda shodu-xurramlik. Oq uy rahbarini javob sovgʻalarga koʻmib tashlashdi. Xususan, Quddusning "Beytar" futbol jamoasi oʻzini "Beytar Tramp Quddus", deb qayta nomladi. Elchixona qarorgohi roʻbarosida mittigina — oʻn kvadrat metrdan oshmaydigan — Donald Tramp nomidagi skverga asos solishdi.

Quddusda rasman AQSH elchixonasini ochishdi

Gʻazo sektori chegarasida esa Quddusda roʻy berayotgan voqealardan norozi boʻlgan falastinliklar faollashdi. Oʻn minglab norozi fuqarolar koʻchalarga chiqdilar. Isroil harbiylariga qarata portlovchi qurilmalar va yonadigan suyuqlik solingan shisha idishlar uloqtirildi, avtomobil shinalariga oʻt qoʻyildi va chegaradagi istehkomlarni buzishga harakat qilindi. Chegara buzilishidan havotirlanib, Isroil Gʻazo sektoriga ikkita qoʻshimcha piyoda harbiylar brigadasini yubordi va yana birini Iordan daryosi Gʻarbiy sohiliga yoʻlladi. Namoyishlarning eng faol ishtirokchilariga qarata ayovsiz oʻt ochildi. 

Dushanba kechgacha ushbu toʻqnashuvlarda 40dan ortiq falastinliklar, shu jumladan bir bolakay halok boʻldi. 1,7mingdan ziyodi jarohatlandi.

Quddusning oʻzida vaziyat nisbatan osuda kechdi. "Koʻchada odamlar unchalik koʻp emas, barcha elchixona ochilishi marosimini oynai-jahon qarshisida oʻtirib kuzatmoqda. Hech qanday namoyish boʻlgani yoʻq. Tabiiyki, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bu kunga juda yaxshi tayyorgarlik koʻrishgan", — deb hikoya qildi Isroil Bosh vazirining sobiq maslahatchisi Benni Briskin.

Bu Trampga nega kerak

Elchixona relokatsiyasi haqidagi qaror AQSH kongressi tomonidan 1995 yilda qabul qilingan, ammo Quddusning nizoli maqomi va arab-musulmon dunyosi bilan kechayotgan murakkat munosabatlar tufayli shu paytgacha Amerika prezidentlari bu qaror ijrosini ortga surib kelayotgan edilar.

Donald Tramp esa dipmissiya koʻchirilishini oʻzining saylovoldi dasturiga kiritgan edi.

Rossiya kengashining xalqaro masalalar boʻyicha bosh direktori (RSMD) Andrey Kortunovga koʻra, Tramp bu yerda oʻzining ichki siyosiy ambitsiyalarini hayotga tatbiq etmoqda.

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp, arxiv surat
© Sputnik / Aleksey Filippov
"Tramp erishishga intilayotgan yagona narsa, — bu oldinda turgan parlament, va soʻngra prezident saylovlari oldidan oʻz shaxsiy pozitsiyalari va Respublikachilar partiyalari oldida turgan pozitsiyalarni mustahkamlashdir. Bu epatajlik holati unga xos: u hech qachon oʻzining mustaqilligi, favquloddaligi va oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarida qatʼiyatli ekanligini namoyish etish imkoniyatini qoʻldan boy bermaydi", — deydi RSMD rahbari.

Dunyo ikkiga boʻlindi

Musulmon davlatlari Oq Uy rahbarining qarorini oʻta salbiy qabul qildilar. Xususan, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonga koʻra endlikda Qoʻshma Shtatlar Yaqin Sharqdagi mojarolarda vositachi maqomini yoʻqotgan. Eron reaktsiyasi ham oʻta keskin boʻldi. Ayniqsa, Falastinda bu roʻy berayotgan voqealarga yondashuv oʻta ogʻriqli boʻldi.

Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy RIA Novostiga bergan intervyusida keng koʻlamli tinch namoyishlarga tayyorgarlik borayotgani haqida maʼlum qildi. Ammo Gʻazodagi voqealar falastinliklar kayfiyati tinchlik kayfiyatidan ancha yiroq ekanligini koʻrsatmoqla.

Yevropa Ittifoqi ham ushbu masalada kelishuvga kela olmadi. Birlari dipmissiya relokatsiyasi Yaqin Sharqda vaziyatni ziddiylashtiradi va isroil-falastin jarayonini tinchlantirishni yanada qiyinlashtiradi, desa, boshqalari Tramning qatʼiyatini olqishlamoqda. Isroil TIV vakili Emmanuel Naxshonning soʻzlariga koʻra, bugungi kunla kamida uchta davlat Vashingtonga taqlid qilishga tayyor.

Mavzu:
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
Teglar:
Falastin, Quddus, Isroil, AQSH

Asosiy mavzular