06:32 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Sotrudniki SBU Ukrainы

UXX RIA Novosti Ukraina ofisiga bostirib kirdi

AP Photo / Efrem Lukatsky
Dunyoda
Havola olish
27310

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida SBU (UXX) RIA Novosti Ukraina ofisiga bostirib kirdi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Ukraina poytaxti Kiyev shahrida SBU (UXX) RIA Novosti Ukraina ofisiga bostirib kirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ertalab SBU degan yozuvi bor formali shaxslar ofis qoʻngʻirogʻini bosishgan. Guvohlar agentlik ofisi joylashgan binoga domkrat ushlab olgan odamlar kirib ketishganini koʻrishgan. Mana shundan soʻng ofis ichida boʻlgan jurnalist qiz bilan aloqa uzilib qolgan.

Muassasa bilan bogʻlanilganda, ular "Rossiya Federatsiyasi nazoratida boʻlgan mediatuzilmalarga" nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qilganlar.

Ukraina Xavfsizlik xizmati matbuot-kotibi Yelena Gitlyanskayaning soʻzlariga koʻra, "huquq posbonlari tomonidan ulardan tajovuzkor-mamlakat tomonidan Ukrainaga qarshi gibrid axborot urushi doirasida foydalanilganligi aniqlangan".

UXX operatsiya tafsilotlarini sal kechroq eʼlon qilish vaʼdasini bergan.

Shuningdek, bugun ertalab Kiyevda RIA Novosti Ukraina xodimi Kirill Vыshinskiy qoʻlga olingan.

"Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi Bosh direktori Dmitriy Kiselev Ukraina hukumatini Vыshinskiyni zudlik bilan ozod etishga va OAVlarni taʼqib qilishni toʻxtatishga chaqirdi.

"Bu Kiyev asosiy huquq va erkinliklarni mensimay, jurnalistlarni taʼqib qilayotgan birinchi holat emas. Bizning hamkasbimiz Olesya Buzinaning oʻldirilishi, Vasiliy Muravitskiyning taʼqib qilinishi shular qatorida. Biz Ukrainada jurnalistlarga nisbatan siquvlar toʻxtatilishida amaliy koʻmak soʻrab xalqaro tuzilmalarga, shu jumladan, jurnalistik tuzilmalarga, OBSEga murojaat qilamiz", — dedi Kiselev.

AQSH va Ukraina bayroqlari, arxiv surat
© Sputnik / Nikolay Lazarenko

Ukrainada jurnalistlarni siquvga olish holatlari boʻyicha oʻnlab holatlarni sanab oʻtish mumkin. Rossiya TIV OBSE va Yevropa Kengashini, shuningdek, xalqaro tashkilotlarni Kiyev siyosatini qoralashga chaqirmoqda.

Ukraina hukumati tomonidan Rossiya OAVlari vakillari faoliyati koʻplab marotaba cheklangan, xususan ularga mamlakatga kirish muntazam ravishda cheklanib kelingan. 2015 yilning mart oyida Kiyev davlat hukumat organlari qoshidagi 115ta Rossiya OAVlari akkreditatsiyasini vaqtincha toʻxtatib qoʻydi.

Teglar:
SBU, jurnalistlar qoʻlga olinishi, RIA Novosti, Ukraina

Asosiy mavzular