15:07 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Aktsii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya

Kreml Gʻazo sektorida oʻnlab falastinliklar halok boʻlganidan tashvishda

© Sputnik / Axmet Abed
Dunyoda
Havola olish
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
33310

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻtgan yilning dekabr oyida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini eʼlon qildi. Isroil tashkil topganining 70 yilligiga tuhfa tarzida AQSH oʻz elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirdi. Trampning bu qarori falastinliklar oʻrtasida tartibsizlikni yuzaga keltirdi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish boʻyicha xalqaro "Kvartet" ishtirokchi-mamlakatlari mintaqada zoʻravonlik va ziddiyatni keltirib chiqaradigan avj oldiradigan harakatlardan uzoq boʻlishlari kerak, deb taʼkidladi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Peskovning soʻzlariga koʻra, Moskvada avval boshdanoq Vashingtonning Yaqin Sharqda ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan harakatlariga nisbatan tashvish bildirilgan.

"Afsuski, hammasi shunday boʻldi", — dedi Peskov.

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻtgan yilning dekabr oyida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini eʼlon qildi. Isroil tashkil topganining 70 yilligiga tuhfa tarzida AQSH oʻz elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirdi. Trampning bu qarori falastinliklar oʻrtasida tartibsizliklarni, qator arab davlatlarida esa noroziliklarni yuzaga keltirdi.

"Holat, ayniqsa, koʻplab falastinlik halokati, juda chuqur tashvishlarni keltirmasligi mumkin emas. Biz voqealar rivojini diqqat bilan kuzatmoqdamiz, va avvalgidek, barcha mamlakatlar, ayniqsa, "kvartet" ishtirokchilari (Rossiya, AQSH, YEI va BMT, tahr.) bu kabi ziddiyatni avj oldiruvchi qandaydir hatti-harakatlardan uzoq boʻlishlari kerak, deb hisoblaymiz", — deb taʼkidladi Peskov jurnalistlarga.

Gʻazo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni boʻlib oʻtdi. Bunga Isroil davlatining barpo etilganiga 70 yil toʻlishi va ushbu sana munosabati bilan AQSH elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilishi sabab boʻldi.
Isroillik askarlar va falastinliklar oʻrtasida roʻy bergan qonli toʻqnashuvlar oqibatida, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra 59 nafar falastinlik halok boʻldi, 2,7 ming nafardan ziyodi jarohatlandi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam eʼlon qildi. Gʻazo sektoridagi holatni seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi muhokama qiladi.

Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish boʻyicha toʻrt tomonlama xalqaro "Kvartet" instituti 2001 yilning oxirida shakllantirilgan. Uning tashabbskorlari Rossiya va Yevropa Ittifoqi boʻlgan.

Mavzu:
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)

Asosiy mavzular