12:05 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
287 0 0

Turkiya prezidenti Toyip Erdoʻgʻon Isroilning Gʻazo mintaqasidagi harakatlarini genotsid deb atadi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Anqara Isroil elchisiga uning mamlakatdan chiqib ketishini istayotganini bildirdi, dedi RIA Novostiga Turkiya TIV vakili.

Avvalroq uning tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgani va unga Turkiyaning Tel-Avivdagi elchisi maslahatlashuvlar uchun chaqirib olingani aytilgani xabar qilingandi.

Isroil bilan musulmon mamlakatlarning munosabatlari Gʻazo mintaqasidagi vaziyat sababli yomonlashmoqda. Nizoning keskinlashishiga AQSH elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilishi sabab boʻldi.

Isroil askarlari elchixona koʻchirilishiga qarshi oʻtkazilayotgan norozilik namoyishi qatnashchilariga qarata oʻq uzmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, toʻqnashuvlarda 61 falastinlik halok boʻlgan, 2,7 mingdan ortiq kishi yaralangan.

Turkiya prezidenti Toyip Erdoʻgʻon Isroilning Gʻazo mintaqasidagi harakatlarini genotsid deb atadi. U Turkiyada uch kunlik motam eʼlon qildi va AQSH hamda Isroildagi elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi.

Bundan tashqari, Anqara Istanbulda Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirdi. Uchrashuv juma kuni boʻlib oʻtadi.

Seshanba kuni Gʻazo mintaqasidagi vaziyatni BMT Xavfsizlik kengashi muhokama qiladi.

Mavzu:
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)

Asosiy mavzular