18:23 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana N. Nazarbayevыm

Nazarboyev Putinning qayta saylanganini tarixiy voqea deb atadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
26910

"Hammasiga bardosh berib, Rossiyani katta yorugʻ yoʻlga olib chiqishda Allohdan sizga mustahkam sogʻliq tilayman", - deb tilak bildirdi Nazarboyev

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Vladimir Putinning RF prezidenti etib qayta saylanganini tarixiy voqea deb atadi va bugungi murakkab sharoitda unga ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Oʻn sakkizinchi mart kuni tarixiy voqea sodir boʻldi. Siz ulkan gʻalaba bilan Rossiya xalqi ishonchini qozondingiz. Bunday murakkab sharoitlarda rossiyaliklarning bu ishonchi juda bebaho", — dedi Nazarboyev RF prezidenti bilan Sochida boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida.

Nazarboyev, rossiyaliklar shu tariqa Putin tomonidan "murakkab sharoitlarda oʻtkazilayotgan oʻsha ish, oʻsha yoʻnalishga" ishonch bildirishganini taʼkidladi. "Hammasiga bardosh berib, Rossiyani katta yorugʻ yoʻlga olib chiqishda Allohdan sizga mustahkam sogʻliq tilayman", — deb tilak bildirdi Nazarboyev.

"Biz, Qozogʻiston, Rossiyaga eng yaqin boʻlgan, u bilan namunaga loyiq, eng yaqin munosabatlar oʻrnatgan mamlakat sifatida buni juda xohlaymiz", — deb qoʻshimcha qildi u.

Nazarboyev shuningdek, Rossiya hukumatining boʻlgʻusi aʼzolari haqida toʻxtaldi, Qozogʻistonda koʻpchilik ularni yaxshi bilishini va ular bilan yaqin hamkorlik qilishini taʼkidlab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Teglar:
Nazarbayev, Rossiya, Putin, Qozogʻiston

Asosiy mavzular