02:03 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
274860

Shimoliy Koreya AQSH bilan oliy darajada muzokaralarni oʻtkazishi mumkin, lekin buning uchun Donald Tramp faqatgina yadro quroli muammosi hal etilishidan manfaatdor boʻlmasligi lozim

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. KXDR Kim Chen In va Tramp muzokaralari boʻyicha shart eʼlon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Shimoliy Koreya AQSH bilan oliy darajada muzokaralarni oʻtkazishi mumkin, lekin buning uchun AQSH prezidenti Donald Tramp faqatgina yadro quroli muammosi hal etilishidan manfaatdor boʻlmasligi, balki Pxenyan bilan aloqalar yaxshilanishi boʻyicha ham istak bildirishi lozim", — deb bayonot qilgan chorshanba kuni KXDR TIV rahbarining birinchi oʻrinbosari Kim Ge Gvan.

Ge Gvan Shimoliy Koreyadan qachon ijobiy javob yangrashi mumkinligini ham maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, buning uchun Tramp maʼmuriyati oliy darajadagi muzokaralar zamirida avvalo amerika-koreya munosabatlari yaxshilanishi maqsadi turishi lozim.

Ge Gvan shuningdek, agarda KXDR faqat yadro qurolidan voz kechish boʻyicha bir tomonlama talablarni eshitadigan boʻlsa, Pxenyan uchun bunday muloqotning umuman qizigʻi yoʻqligini maʼlum qilgan.

"Bu holda KXDR va AQSH oʻrtasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan muzokaralarga rozi boʻlish toʻgʻrisidagi masalani qayta koʻrib chiqishdan boshqa ilojimiz qolmaydi", — degan vazir.

Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasidagi muzokaralar 12 iyun sanasida Singapurda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Mavzu:
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
Teglar:
muzokaralar, Tramp, Kim Chen In

Asosiy mavzular