01:28 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
30510

Cubana de Aviacion kompaniyasiga qarashli Boeing 737 yoʻlovchilar samolyoti Gavana aeroportidan uchgach bir necha soniyadan keyin halokatga uchragan. Uning bortida 110 kishi boʻlgan

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Boeing 737-200 samoleti Gavanada halokatga uchradi. Samolyot bortida 104 nafar yoʻlovchi va 6 nafar ekipaj aʼzolari — jami 110 kishi boʻlgan. Uch nafar ayol tirik qolishga muvaffaq boʻlgan. Ular oʻta ogʻir ahvolda jonlantirish boʻlimida yotishibdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Cubana de Aviacion kompaniyasi Meksikaning  Global Air kompaniyasidan ijaraga olgan Boeing 737-200 samolyoti havoga koʻtarilgach bir necha soniyadan soʻng halokatga uchradi. Samolyot Gavanadan Olginga reysni amalga oshirayotgan boʻlgan. U Xose Martini xalqaro aeroporti va Gavanaga yaqin boʻlgan Santyago-de-las-Vegas shahar oldi hududidagi qishloq xoʻjaligi ekinlari ustiga qulagan.

Yoʻlovchilar orasida besh nafar chet elliklar boʻlgan, qolgan yoʻlovchilar kubaliklar. Ekipaj aʼzolari Meksikadan boʻlgan.

Keyin olingan maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning ikki nafari argentinalikligi aniqlangan.

Guvohlarning aytishicha, samolyot havoga koʻtarilganidan keyin aeroportga qaytishga harkat qilgan, ammo elektruzatgich liniyalariga borib urilgan. Ularning soʻzlariga koʻra, ilk qutqaruvchilar hodisa joyiga halokatdan keyin 12 daqiqa oʻtgach yetib kelishgan.

Ayni vaqtda Gavanadagi Xose Marti aeroportining barcha terminallari oʻz ishini davom ettirmoqda.

Hodisadan keyin toʻrt kishi tirik holatda aniqlangan — bir erkak va uch ayol. Erkak kasalxonaga olib ketilayotgan mahalda jon bergan, ayollar ogʻir ahvolda Kaliksto Garsiya nomidagi kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga keltirilgan.

Jarohatlanganlarda koʻplab sinishlar, shishlar va kuyish holatlari aniqlangan. Ularga reanimatologlar, jarrohlar, nevrologlar, ortopedlar va boshqa mutaxassislar yordam koʻrsatmoqda.

Meksika Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, samolyotning yoshi 39da boʻlgan. U 1979 yilda ishlab chiqarilgan va faoliyat koʻrsatish uchun barcha zarur ruxsatnomalarga ega boʻlgan.

Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Migel Dias-Kanel aviahalokat holati boʻyicha tergov ishlari olib borilishi haqida bayonot bergan va halok boʻlganlarning yaqinlariga taʼziya izhor qilgan. Qora qutilar hozircha topilmagan.

Shu paytgacha olingan maʼlumotlarga koʻra, texnik nosozlik aviahalokat sababi sifatida taxmin qilinmoqda.

Kuba Davlat kengashi mamlakatda rasman motam eʼlon qildi. 19 may kuni ertalabki 6dan 20 may yarim tunga qadar barcha hukumat organlari va harbiy obʼyektlarda bayroqlar tushirilgan holatda boʻladi.

Hodisa tufayli Kuba davlati Hukumatiga Oʻzbekiston, Rossiya, Meksika, Frantsiya, Belarus, Venesuela, Ispaniya va boshqa koʻplab mamlakat rahbarlari oʻz hamdardlik telegrammalarini yoʻllaganlar.

Teglar:
aviakatastrofa, samolet Boeing 737, Kuba

Asosiy mavzular