15:05 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
glava MID Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov

Qozogʻistonning Quddus boʻyicha pozitsiyasi aytildi

© Sputnik Kazaxstan
Dunyoda
Havola olish
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
99530

Islom Hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon tashabbusi bilan chaqirilgan favqulodda sammitda Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri ham ishtirok etdi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Turli etnik va diniy guruhlar uchun ota uyi boʻlib ketgan Quddusning tarixiy maqomini oʻzgartirishga harakat qilish, Yaqin Sharqdagi barqarorlikka tahdid soladi, deb bayonot qildi Qozogʻiston TIV rahbari Kayrat Abdraxmanov.

Qozogʻiston TIV rahbari 2018 yil 14 may kuni Gʻazo sektorida yuz bergan hodisalar tufayli Islom Hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon tashabbusi bilan chaqirilgan IHT favqulodda sammitida ishtirok etdi.

Qozogʻiston TIV matbuot-xizmati tomonidan shanba kuni tarqatilgan press-relizga koʻra, Qozogʻiston tomon Falastinda holatning ziddiylashuvidan tashvishdaligini bildirgan. Shuningdek, tinch aholiga nisbatan qurollangan kuchning ishlatilishini nomuvofiq deb atagan va xalqaro hamjamiyatni ushbu zoʻravonlikni zudlik bilan toʻxtatish uchun bor choralarni koʻrishga daʼvat qilgan.

"Qozogʻiston Tashvi ishlar mahkamasi Quddus turli etnik va diniy qarashlar vakillari uchun ota uyi ekanligini, bu yerda falastinliklar va isroilliklar bir-birining yashashga boʻlgan huquqini hurmat qilishlari lozimligini taʼkidlab oʻtgan", — deb qayd etilgan press-relizda.

Vazirning soʻzlariga koʻra, "ushbu huquqni shubha ostiga qoʻyishga, shuningdek, shaharning tarixiy maqomini oʻzgartirishga boʻlgan harakat Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni tahdid ostiga qoʻyadi"

Qozogʻiston TIV rahbari mamlakat BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan chiqarilgan qarorlar va rezolyutsiyalar bajarilishi tarafdori ekanligini yana bir bor eslatib oʻtgan hamda Qozogʻiston Yaqin Sharqdagi vaziyat konstruktiv siyosiy muloqot doirasida tez fursatda, toʻlaqonli va keng qamrovli tartibga solinishi tarafdori ekanligi taʼkidlagan.

Vazir Isroil va Falastin rahbariyatini hamda barcha manfaatdor tomonlarni ikki davlatning tinch totuv yashashiga imkon yaratadigan siyosiy yechimni topishda aniq qadamlarni taʼminlashga chorlagan.

Mavzu:
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
Teglar:
Falastin, Quddus, Erdoʻgʻon, Isroil, Qozogʻiston

Asosiy mavzular