O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnika Pokistonda namoyish qilindi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islomobodda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma ishtirokchilari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, dizayni va xilma-xilligi yildan yilga ortib borayotganini qayd etishdi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Pokistondagi  O‘zbekiston elchixonasi Islomobodda bo‘lib o‘tgan Dream Home EXPO-2018 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkillashtirdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sim-kabel, qurilish va Artel guruhi kompaniyalari mahsulotlarini taqdim etildi.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy elektr mahsulotlar savdo kompaniyalari va xususiy xaridorlar tomonidan katta qiziqishga sazovor bo‘ldi. Ushbu mahsulotlarning keng assortimenti, ularning yuqori sifati – bu milliy iqtisodning diversifikatsiya qilish natijasidir. Bu borada O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlarni ortda qoldirdi”, — deb Sh.Gulyam nomli Lahorda joylashgan elektronika magazini egasining so‘zlarini keltiradi axborot agentligi.

Shuningdek, pokistonlik Build Plus qurilish kompaniyasi Akfa oynalariga qiziqish uyg‘otgan. Ushbu kompaniya vakillari Toshkentda muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirishgan.

Qo‘rgazma davomida O‘zbekiston paviloniga 1500dan ortiq kishi tashrif buyurgan. Ko‘rgazma natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston stendiga Pokiston va Xitoydan keyingi uchinchi o‘rin berilgan.

Yangiliklar lentasi
0