OAV: Yadroviy halokat darvozasi ochildi

© Foto : Minnesota National Guard / Sgt. 1st Class Ben HoutkooperAmerikanskiy voyenniy proizvodit vistrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin
Amerikanskiy voyenniy proizvodit vistrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika vakillar palatasi 2019-yil uchun harbiy budjetga kiritiladigan o‘zgartishlarni qabul qilmadi. Bu o‘zgarishlar yadro boyegolovkalarini moliyalashtirishga ta’qiq qo‘yishni nazarda tutar edi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. AQSh vakillar palatasi yangi yadro qurolini yaratish rejasini qo‘llab quvvatlash qarorini qabul qilib, yadroviy halokat "darvozasi ochilishiga" imkon yaratdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Amerika vakillar palatasi 2019-yil uchun harbiy budjetga kiritiladigan o‘zgartishlarni qabul qilmadi. Bu o‘zgarishlar yadro boyegolovkalarini moliyalashtirishga ta’qiq qo‘yishni nazarda tutar edi.

Qayd etilishicha, rad etilgan tuzatishlar Trident II dengiz bazasidagi ballistik raketalar uchun mo‘ljallangan W76-2 kam quvvatli yadro boyegolovkalarini ishlab chiqishga ajratiladigan moliya manbalari miqdorini ikki barobarga qisqartirishi lozim edi.

Donald Trump - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: KXDR rahbarining boshiga Kaddafiyning kuni tushishi mumkin

Ushbu o‘zgartishni vakillar palatasi a’zolarining 435 nafaridan 188 nafari qo‘llab quvvatlagan, 226 kishi esa qarshi ovoz bergan. Respublikachilar partiyasi vakillari, shu asnoda, ushbu dastur Rossiyani "ushlab turish" vositalaridan biri bo‘lishi lozimligini ochiq bayon etganlar.

Sal avvalroq, xavfsizlik organlarining va Pentagon qo‘mitalarining sobiq xodimlari AQSh Kongressiga maktub yo‘llab, unda yangi yadroviy qurol ishlab chiqarish dasturini moliyalashtirishdan voz kechishga da’vat qilgan edilar. Sobiq harbiy xizmatchilarning maktubida taktik yadro qurolini ishlab chiqish dasturini rivojlantirish "yadroviy halokat darvozasini ochib yuborishi" aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0