AQShga u ilgari tasavvur ham qilib ko‘rmagan fojiani ko‘rsatish qo‘limizdan keladi - KXDR TIV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrazdnichnie meropriyatiya, posvashennie 105-y godovshine so dnya rojdeniya Kim Ir Sena, v KNDR
Prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie 105-y godovshine so dnya rojdeniya Kim Ir Sena, v KNDR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chxve Son Xining ta’kidlashicha, KXDRni o‘z mudofaa salohiyatini mustahkamlashga aynan Liviya namunasi majbur qilgan.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Shimoliy Koreya agarda AQSh o‘zini "aqlsizlarcha" tutsa hamda "hali boshlariga tushmagan va tasavvur qila olmaydigan fojiani" boshdan o‘tkazishga majburlamoqchi bo‘lsa bu davlat bilan o‘tkaziladigan sammit masalasini qayta ko‘rib chiqadi", deyiladi KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chxve Son Xining rasmiy bayonotida.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining keskin noroziligiga AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning KXDRni Liviya bilan solishtirgani va agarda KXDR yadroviy dasturidan voz kechmasa, voqealar Liviya ssenariysi bo‘yicha rivojlanishi mumkinligi haqidagi gaplari sabab bo‘ldi.

Pens KXDRga qarshi kuch ishlatish bilan tahdid qildi

"Bizning davlatimiz — yadroviy davlatni bir necha dona quroli bo‘lgan Liviya bilan solishtirishi uning qay darajada siyosiy galvars ekanligini bildiradi", — deyiladi bayonotda.

Chxve Son Xining ta’kidlashicha, KXDRni o‘z mudofaa salohiyatini mustahkamlashga aynan Liviya namunasi majbur qilgan.

Vazir o‘rinbosari uning mamlakati ham AQShni "shu paytgacha tasavvur ham qilib ko‘rmagan fojiani ko‘rishga" majbur qila olishini bildirdi va Pensga "so‘zlarining dahshatli oqibatlarini o‘ylab ko‘rishni" taklif qildi.

"Muzokaralar stoli atrofida yoki yadroviy qarama-qarshilik maydonida uchrashishimiz AQShning qarori va o‘zini tutishiga bog‘liq. Agar AQSh bizning yaxshi niyatlarimizni tahqirlasa va o‘zini avvalgidek ahmoqona tutadigan bo‘lsa, men rahbariyatga KXDR-AQSh sammiti masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilaman", — dedi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0