Putin: ShHTning asosiy maqsadi - terrorchilikka qarshi kurashdir

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae. Den vtoroy
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin: ShHT doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishi – bu terrorchilikka qarshi kurashdir. Iqtisodiy hamkorlik uchun yangi tashkilot tuziladi. Rossiya va Xitoy ayni damda ushbu shartnomani ishlab chiqmoqda.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladir Putin, ShHTdoirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishi terrorchilikka qarshi kurash ekanini aytib o‘tdi.  

"Shuni alohida ta’kidlamoqchi edimki, ShHT doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishi — bu terrorchilikka qarshi kurashdir. Bugungi kunda qabul qilinayotgan, terrorchilik, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash dasturi — ushbu sohada hamkorlikning kelajak 3-yildagi yo‘nalishlarini belgilaydi, birgalikda o‘quv-mashg‘ulotlari, aksilterror operatsiyalar o‘tkazishni hamda operativ ma’lumot bilan tezkor almashish imkonini yaratadi", — dedi Putin.

Bu borada, Rossiya prezidenti Afg‘oniston masalasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

"Afg‘onistondagi vaziyat alohida e’tibor talab qiladi. Biz ushbu mamlakatdan tarqalayotgan terrorchilik xavfi va narkotiklar ishlab chiqarishga qarshi birgalikda kurashishimizga kerak. Afg‘onistonga milliy yarashish va iqtisodiy qayta tiqlanishiga yordam berishimiz kerak", — dedi Vladimir Putin.

Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
"ID" va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb ogolantirmoqda ShHT

ShHT mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi uchun yangi tashkilot tuziladi

Vladimir Putin ShHTning iqtisodiy davomchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi "yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi shartnomasi" haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Rossiya va Xitoy yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi haqida shartnoma tayyorlashmoqda. Ushbu shartnoma, albatta, ShHTning barcha a’zolari uchun ochiq bo‘ladi", — dedi Vladimir Putin.

8 iyun kuni Pekinda Rossiya prezidenti va XXR raisi Si Szinpin uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikki mamlakatning iqtisodiyot vazirliklari ushbu shartnomaning texnik-iqtisodiy tomondan asoslab berishgan edi.

"Biz o‘zaro mahsulot ayrboshlash va xizmat ko‘rsatishni soddalashtirmoqdamiz, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni olib tashlamoqdamiz, energetika, transport, qishloq xo‘jaligida birgalikda loyihalar ishga tushirmoqdamiz", — dedi Putin.

Eslatib o‘atmiz, ShHTning navbatdagi 18-sammiti Xitoyning Sindao shahrida 9-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Undan 20dan ortiq hujjatlar imzolangan va ularning eng asosiysi — Sindao deklaratsiyasidir.

Yangiliklar lentasi
0