Sun’iy ong 48 soat ichida ssenariy yozib film suratga oldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie
Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur filmning rejissori va ssenariynavisi ham, montajchisi ham Benjaminning o‘zi bo‘ldi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Benjamin deb ataluvchi sun’iy ong 48 soat ichida film tayyorladi. Mazkur filmning rejissori va ssenariynavisi ham, montajchisi ham Benjaminning o‘zi bo‘ldi. Bu haqda The Times yozmoqda.

Benjamin film sujetini ishlab chiqdi, so‘ngra eski oq-qora filmlardan mos keladigan sahnalarni tanlab oldi va shundan so‘ng neyrotarmoq kadrlarni birlashtirdi. Oq-qora tasvirdagi qahramonlarning yuzi o‘rniga zamonaviy aktorlarning qiyofalari qo‘yildi.

Interaktivnaya vistavka Robostansiya na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
TATU va Yaponiya oliygohi sun’iy ong va robototexnika bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi

Vaqtning chegaralanganligi tufayli — Benjaminda film yaratish uchun atigi 48 soat vaqt bor edi, film sujeti unchalik tushunarli chiqmadi. Ammo bunga qaramay, neyrotarmoq mualliflari — rejissor Oskar Sharp va dasturchi Ross Gudvin ushbu sohadagi izlanishlarini davom ettirishmoqchi. Sharp va Gudvin Benjaminni 2016-yilda ishlab chiqishgan bo‘lib, sun’iy ong qisqa metrajli film yaratgandi. O‘shanda neyrotarmoq g‘oyasi bilan Sunspring mini-filmi suratga olingan, unda "Kremniy vodiysi" seriali yulduzi Tomas Middlditch rol ijro etgandi.

Avvalroq Massachusets texnologiya instituta olimlari telba-qotillardek fikrlovchi Norman deb ataluvchi sun’iy ongni namoyish etishgandi. Neyrotarmoqqa Alfred Xichkokning “psixo” filmidagi qahramon – qotil Norman Beyts nomi berilgan.

Yangiliklar lentasi
0