02:20 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
3788102

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller suv masalalari boʻyicha Dushanbeda boʻlib oʻtgan anjuman chogʻida bergan intervyusida bank boshqa bir yirik GES qurilishini moliyalashtirishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Tojikiston Rogʻun GESini qurish uchun Jahon bankidan moliyaviy yordam olmaslikka qaror qildi, dedi Jahon banki mulozimi Reyter agentligiga.

"Tojikiston 3,9 milliard dollarlik GES qurilishini moliyalashtirish uchun oʻtgan yili 500 million dollarlik dastlabki yevroobligatsiyalarni chiqargandi, biroq endi GES qaysi mablagʻlar evaziga moliyalashtirilishi nomaʼlumligicha qolmoqda", — deyiladi agentlik xabarida.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller suv masalalari boʻyicha Dushanbeda boʻlib oʻtgan anjuman chogʻida bergan intervyusida bank boshqa bir yirik GES qurilishini moliyalashtirishini maʼlum qildi.

"Hukumat bilan kelishgan holda biz Nurek elektr stantsiyasining taʼmirlanishini moliyalashtirishga qaror qildik va bu bizning energetika tizimidagi yirik investitsiyamiz boʻladi", — degan Myuller.

Shu bilan birga, Myullerning aytishicha, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi elektr energiyasi eksporti uchun yangi istiqbollarni yaratadi.

Xabarda aytilishicha, Tojikistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining toʻrtdan uch qismi Nurek GESiga toʻgʻri keladi.

Asosiy mavzular