23:26 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
76100

Dushanbe shahri kasalxonasida oʻtkazilgan rentgenda goʻdak tanasining turli joylarida 10ta igna borligi aniqlangan.

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Dushanbedagi Milliy tibbiyot markazi shifokorlari 9 oylik goʻdak tanasida 10ta igna borligini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Oʻtkazilgan rentgen natijasida, bolaning bosh, burun, oyoq, boʻyin va koʻkrak qafas qismlarida ignalar borligi aniqlangan. Dastlabki operatsiya davomida 6ta igna chiqarib olingan.

Ignalar qanday qilib bolaning tanasiga tushib qolgani hozircha nomaʼlum. Operatsiyaga qadar bola oʻzini tinch tutgan, uni biror narsa bezovta qilayotgani sezilmagan.

Bolaning onasi 28 iyun kuni goʻdak milkida ignalarning birini payqab qolgan va uni chiqarib olgan. Shundan soʻng ular kasalxonaga murojaat qilishgan.

Uning otasi Rossiyada mehnat migranti, onasi – uy bekasi va  bolalarni bir oʻzi tarbiyalaydi.

Asosiy mavzular