18:31 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Boris Djonson

Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson isteʼfoga chiqdi

© AFP 2018 / TOBY MELVILLE
Dunyoda
Havola olish
25510

Boris Jonson Brexit tufayli isteʼfoga chiqdi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson isteʼfoga chiqdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Bugun, kunning ikkinchi yarmida bosh vazir Tereza Mey Boris Jonsonning isteʼfosini  qabul qildi.  Bosh vazir Borisga mehnat faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi. Yangi vazirning ismi sharifi yaqin orada eʼlon qilinadi", — deyilgan RIA Novosti xabarida.

Britaniya hukumati oxirga sutka davomida ikki yuqori martabali davlat xizmatchisining isteʼfosini qabul qildi. Birinchi boʻlib isteʼfoga Brexit masalalari boʻyicha vazir Devid Devis ariza bergan edi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ikkala vazirning isteʼfisiga Brexit tufayli kelib chiqqan kelishmoqchilik sabab boʻlgan. Jonson va Devis Tereza Mey jamoasida oʻta muhim rol oʻynagan vazirlardan edi.

 

Asosiy mavzular