01:55 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Jenщina pyet vodu

BMT: dunyoda 2 milliarddan ortiq inson ichimlik suv taʼminotiga ega emas

FRANCK FIFE / AFP
Dunyoda
Havola olish
86 0 0

Milliardlab insonlarda hali-hanuz tualet va qul yuvish vositalari taʼminotida qiyinchiliklar mavjud.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Jahonda 2,1 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi taʼminotidagi qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda BMTning suv va sanitariya haqida umumiy hisobotda aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

"Xavfsiz va qimmat boʻlmagan ichimlik suviga 844 million inson va 2,1 milliard inson bu masalada xizmat koʻrsatilishini yaxshilanishiga muhtoj" — deyilgan hisobotda.

Shuninglek, "milliardlab insonlarda hali-hanuz tualet va qul yuvish vositalari taʼminotida qiyinchiliklar mavjud".

Hisobotda qayd etilishicha, "hozirgi tendentsiyalar bilan 2030 yilga kelib yoʻq qilinmaydi".

BMT maʼlumotlariga koʻra, 70 foiz ichimlik suv qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi.

"Oʻtgan asr davomida dunyo 70 foiz tabiiy suv havzalarini yoʻqotdi. Suv bilan bogʻliq ekotizimni saqlab qolish va tiklash ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy oʻsish uchun juda muhimdir", — deyilgan hisobotda.

Hisobot mualliflar fikriga koʻra, xalqaro hamkorlikni yaxshilash va mablagʻlardan kengroq foydalanishni taʼminlash zarur. 80 foizdan ortiq davlatlar suv taʼminoti, sanitariya va gigiyena boʻyicha milliy vazifalarini bajarish uchun yetarli mablagʻ boʻlmasligini maʼlum qiladi.

Asosiy mavzular