01:56 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Prezident Frantsii Emmanuel Makron i yego jena Brijitt Makron

Makron rafiqasi bilan chempionat final oʻyinini tomosha qilish uchun Moskvaga keladi

Michel Euler / POOL / AFP
Dunyoda
Havola olish
41620

Frantsiya jamoasi seshanba kuni Belgiya jamoasini 1-0 hisobda magʻlubiyatga uchratdi.

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron futbol boʻyicha chempionatning final oʻyini tomosha qilish uchun Moskvaga keladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Final oʻyini 15 iyul soat 18-00 da boshlanadi. Frantsiyaliklarga qarshi Angliya — Xorvatiya bahsida gʻalaba qozongan jamoa maydonga chiqadi.

Kuni kecha Frantsiya terma jamoasi Sankt-Peterburgda Belgiya jamoasini 1-0 hisobda magʻlubiyatga uchratdi.

Frantsiya jamoasi tarixda uchinchi marta jahon chempionatining final bosqichiga chiqdi.

Ular 1998 yilda jahon chempioni boʻlishgan, 2006 yilda esa Italiya jamoasiga magʻlub boʻlishdi.

Frantsiya jamoasi 14 ta jahon chempionatlarida ishtirok etgan, u FIFA reytingida 9-chi oʻrinda.

Rossiyada ilk bor futbol boʻyicha jahon chempionati 14 iyun — 15 iyul kunlari boʻlib oʻtmoqda. Uyinlar 11 ta shaharning 12 ta stadionida boʻlmoqda.

Asosiy mavzular