Tramp SSSR davridayoq "yollangan" bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda OAV

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp na vstreche s liderami YeS v Brussele, arxivnoe foto
Prezident SShA Donald Tramp na vstreche s liderami YeS v Brussele, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kremlda Tramga nisbatan kompromatlar mavjudligi taxmin qilingan

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampni 1987-yildayoq, uning Moskvaga tashrifi vaqtida "qo‘lga olishgan", deb yozmoqda New York Magazine jurnali.

Nashr Trampning siyosiy karyerasi boshlanish davrini uning Moskvaga mehmonxona qurilishi bilan bog‘liq tashrifi bilan bog‘laydi. Xususan, bu voqea oldidan bir yil avval Amerikaning bo‘lg‘usi prezidenti sovet elchisi Yuriy Dubinin bilan uchrashgan edi. Xabar qilinishicha, mehmonxona qurilmay qolib ketgan, ammo "Tramp SSSRdan siyosiy ambitsiyalar bilan qaytgan".

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo Putin va Tramp o‘rtasida muhokama qilinadigan eng muhim masalalarni ma’lum qildi
Shuningdek, Kremlda Trampga nisbatan uning 1987 va 2013-yillardagi Moskvaga tashriflari bo‘yicha kompromatlar mavjudligi taxmin qilingan.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti o‘z soliq deklaratsiyasini e’lon qilishni xohlamasligi, uning uzoq yillar davomida "turli usullar bilan rossiya pullarini olgan bo‘lganligi" bilan bog‘lashmoqda.

Ayni vaqtda AQShda Rossiyaning go‘yoki amerika saylovlariga aralashuvi va Trampning Moskva bilan taxminiy aloqalari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ammo Oq uy ma’muriyati va Kreml bu ayblovlarni rad etadi. Rossiya bu singari ayblovlarni isbotsiz deb atab, ularni qat’iy rad etib keladi.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov saylovlarga aralashuv bo‘yicha ayblovlarni " mutlaqo dalilsiz", deb atagan.

AQSh va Rossiya prezidentlari Finlyandiya poytaxti 16-iyul kuni uchrashishadi. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, ular ikkiyoqlama munosabatlarni rivojlantirishning istiqboli va xalqaro kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalarni muhokama qiladilar. Bu Tramp va Putinning hech qanday sammitlarga bog‘lanmagan to‘liq formatdagi uchrashuvi bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0