Toliblar IShIDning O‘zbekiston va chechenistonlik uch nafar ayol a’zosini qatl etdi

© AFP 2023 / Noorullah ShirzadaChleni dvijeniya Taliban (zapresheno v RF), Afganistan. Arxivnoe foto
Chleni dvijeniya Taliban (zapresheno v RF), Afganistan. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston milliy armiyasining ma’lumotiga ko‘ra, toliblar Juzjon viloyatida IShIDning uch nafar ayol jangarisini hibsga olishgan

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyatidagi jangovar harakatlar davomida “Islom davlati” terrorchilik guruhining uch nafar ayol jangarisini qatl etdi, deb xabar berdi Khaama Press agentligi afg‘on harbiylariga asoslanib.

Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii Islamskoe gosudarstvo Iraka i Levanta - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavf soladi

Afg‘oniston milliy armiyasining ma’lumotiga ko‘ra, toliblar Juzjon viloyatida IShIDning uch nafar ayol jangarisini hibsga olishgan hamda avval zo‘rlab, keyin o‘ldirishgan. Qatl qilinganlar O‘zbekiston va Checheniston fuqarolari bo‘lishgan.

Agentlikning bildirishicha, ikki guruh o‘rtasida viloyatda ta’sir kuchiga ega bo‘lish uchun kurash bormoqda. Keyingi vaqtda IShID va toliblar o‘rtasidagi oxirgi to‘qnashuvlar davomida IShIDning 12 jangarisi o‘ldirilgan va kamida 33 nafari jarohatlangan. Toliblar tomonidan uch jangari halok bo‘lgan, kamida sakkiz jangari yaralangan.

Yangiliklar lentasi
0