13:01 17 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Gosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki

Qirgʻiziston kim bilan doʻst boʻladi - Jeenbekov bayonoti

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
147730

Jahonda Qirgʻizistonga taʼsir koʻrsatuvchi jiddiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda, deb bayonot qildi Sooronbay Jeenbekov

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Qirgʻiziston qoʻshni davlatlar bilan, xususan Rossiya bilan doʻstona aloqalarga alohida ahamiyat qaratadi, deb bayonot qildi Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

Bugun Jeenbekov Qirgʻiziston Respublikasini barqaror taraqqiy ettirish boʻyicha Milliy kengashi majlisiga raislik qilmoqda.

U yigʻilish ishtirokchilari oldida nutq soʻzlab, dunyoda jiddiy oʻzgarishlar boʻlayotganini, xususan, bu oʻzgarishlar Qirgʻizistonga ham taʼsir koʻrsatayotganligini taʼkidladi.

"Biz qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat qaratamiz, shu jumladan, strategik sherigimiz - Rossiya bilan munosabatlarga ham. YEOII, SHHT, ODKB mamlakatlari bilan haryoqlama munosabatlarni yanada mustahkamlaymiz", - dedi Jeenbekov.

Qirgʻiziston rahbari soʻzlariga koʻra, u boshqa davlatlar bilan ham munosabatlarni rivojlantiradi.

"Biz Xitoy bilan hamkorlikni strategik darajaga yetkazdik, shuningdek, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH va Yevroittifoq mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilamiz. Biz xalqaro hamkorlarlarimizga ustuvor ahamiyat qaratamiz, xususan, BMTdagi hamkorlikka ham", - deb taʼkidlagan Jeenbekov.

Asosiy mavzular