09:55 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Foto chernogo labradora po imeni Lyusi, obnarujeniye, kotorogo povliyalo na rassledovaniye dela ob iznasilovanii, sdelannoye 18 iyulya 2018 v Djerxart Golf Links v Gearte, Oregon

AQShda it oʻz egasiga jinsiy jinoyat boʻyicha jazodan qutulib qolishga yordam berdi

AP Photo / Lisa Christon
Dunyoda
Havola olish
177550

Xorner 50 yillik qamoq jazosini oʻtashni boshlab, jamoat tashkilotiga huquqiy yordam uchun murojaat qilgan.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Avvaliga yoʻqolib qolgan va keyinchalik topilgan it, Oregon shtatidan boʻlgan ishchiga sud tomonidan oqlanishiga yordam berdi. Bu fuqaro oʻzining qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan. Bu haqda RIA Novosti Oregon Innocence Project jamoat tashkilotiga asosan xabar qildi.

“Bugun mijozimiz Josha Xornerga qarshi ayblov xulosasi prokuror Jon Xammelning talabnomasiga asosan bekor qilindi. Janob Xorner oʻz qiziga nisbatan jinsiy zoʻravonlik harakatlarini sodir etishda sud hayʼati yakdil qarori bilan aybdor deb topilgandi. U bu jinoyatni sodir etmagan”, - deb taʼkidladi tashkilot vakili.  

Xorner 50 yillik qamoq jazosini oʻtashni boshlab, jamoat tashkilotiga huquqiy yordam uchun murojaat qilgan.

Ushbu jinoyat ishida hech qanday DNK izlari, moddiy ashyolar, guvohlar boʻlmagan, faqatgina ayblanuvchining voyaga yetmagan qizining koʻrsatmalari boʻlgan xolos. Faollar maʼlum qilishicha, avval ham bu qiz onasi tomonidan tahqirlanishi boʻyicha shikoyat qilgan, ular oʻz tasdigʻini topmagan. Bundan tashqari, qiz uni qoʻrqitish maqsadida otasi oilaga tegishli boʻlgan Lyusi laqabli labrador itni otib tanlaganligi haqida koʻrsatma bergan.

Biroq, it topildi. Ayblanuvchining avval bergan koʻrsatmalari koʻra, u tirik ekan.  

“Lyusi laqabli it otib tashlanmagan ekan. Lyusi tirik va sogʻligʻi yaxshi. Meni mutaxassisim va Oregon Innocence Project mutaxassisi Lyusini topishdi, uni tasdiqlashdi, u bilan ancha vaqt oʻtkazib, uni rasmga olishdi”, - deb taʼkidladi prokuror sudga.

It qayerda topilganligi maʼlum qilinmadi.   

Shuningdek, prokuror ayblanuvchining jinoyat sodir etmaganiga toʻliq ishonch hosil qila olmasligini  maʼlum qilgan.

Ammo prokuror voyaga yetmagan qiz guvohlik berayotganda notoʻgʻri koʻrsatma berganligiga oʻz tasdigʻini topdi. Sudya barcha dallillarga rozi boʻldi, ish yopildi va Xorner ozod qilindi.

“Biz turmush oʻrtogʻim Kelli bilan buzilgan hayotimizni qayta tiklashga harakat qilishga tayyormiz”, - dedi u ozod boʻlgandan keyin.

Xorner noodatiy yoʻl tutib, yangi ochilgan holatlar asosida ishni yopishga talabnoma kiritganligi uchun prokurorga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Asosiy mavzular