05:32 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Afgʻoniston hukumat harbiy qoʻshinlari

Afgʻonistonda bir kunda 70 nafar jangari yoʻq qilindi

© REUTERS / Omar Sobhani
Dunyoda
Havola olish
372 0 0

Oʻtgan kuni afgʻon milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari 12 ta hujum operatsiyalarini amalga oshirishdi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Afgʻonistonda milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari va havo qoʻshinlari hamkorlikda oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida oʻtgan sutka davomida 67 nafar jangari yoʻl qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo news telekanali xabariga asosan.

“Oʻtgan 24 soat ichida afgʻon milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari 12 ta hujum operatsiyalarni amalga oshirishdi. Maxsus boʻlinmalar 114 ta jangovar topshiriqlarni bajarishdi. Afgʻoniston havo qoʻshinlari mamlakat boʻylab jangarilarining pozitsiyalari boʻyicha 12 marta zarba berishdi. Ushbu operatsiyalar natijada 67 nafar jangari yoʻq qilindi”, - deyilgan xabarda.

Afgʻon mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 28 nafar jangari jarohatlangan. Shu bilan birga, operatsiya davomida ularga tegishli qurol ham yoʻq qilindi.

Afgʻonistonda hukumat harbiy kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari oʻrtasida shiddatli kurash ketmoqda.

“Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga oʻtdi. Shuningdek, mamlakat hududida “ISHID” terrorchilik uyushmasi taʼsiri kuchaydi.

Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda terrorizmga qarshi  qurashish boʻyicha butun mamlakat boʻylab operatsiyalar oʻtkazishmoqda.

Asosiy mavzular