05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Atomnaya elektrostantsiya

Rossiya Hindistonda yangi atom elektr stantsiyasini qurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Dunyoda
Havola olish
257 0 0

Rossiya-Hindiston iqtisodiy hamkorligining yirik obʼyekti “Kudankulam” atom elektr stantsiyasi hisoblanadi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Borisov Hindistonda atom elektr stantsiyasini qurish uchun yangi maydon ajratish masalasi muhokama qilinganligi maʼlum qildi.

“Biz rossiya dizayni boʻyicha atom elektr stantsiyalarini qurish va foydalanishni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik qilishni davom etamiz, navbatdagi bunday stantsiyani qurish uchun yangi maydon ajratilishi muhokama qildik”, - deb taʼkidladi jurnalistlarga Borisov ikki tomonlama hukumatlararo komissiya yigʻilishi yakunida.

Rossiya-Hindiston iqtisodiy hamkorligining yirik obʼyekti “Kudankulam” atom elektr stantsiyasi hisoblanadi. Rossiya ishtirokida stantsiyaning birinchi ikkita energiya bloki qurilgan va ishga turishilgan.

Shu yil iyun oxirida “Kudankulam” AES uchinchi blokini qurilishi uchun asosiga beton plitasini quyish marosimi oʻtkazilgandi. Bu AESning qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi boshlanishi hisoblanadi.

2014 yil dekabrida Moskva va Deli Hindistonda Rossiya texnologiyalari boʻyicha energiya bloklarini  qurish boʻyicha strategik hamkorlik boʻyicha hujjat imzolangandi.

Hujjatda Hindistonda Rossiya ishtirokida quriladigan yangi AES bloklari rejalari aks etgan. Strategik maqsad – Hindistonda 20 yil ichida Rossiya dizayni boʻyicha kamida 12 ta blok barpo etishdir.

Asosiy mavzular