04:10 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Samolyot - razvedchik Il-20m

Asad Putinga: Il-20 falokati Isroil manmanligi tufayli yuz berdi

© Dmitriy Ryazanov
Dunyoda
Havola olish
1162 0 0

Isroil qiruvchi samoletlari Rossiyaning Il-20 qiruvchisi ortida yashiringan holda, uni Suriya raketaga qarshi mudofaa tizimi zarbasiga duchor qilgan va oqibatda 15 nafar rossiyalik harbiylar halok boʻlishgan

TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga telegramma yoʻlladi, deb xabar berdi SANA agentligi.

"Oʻrta yer dengizida qulashi oqibatida, Suriyada terrorizmga qarshi kurashdagi vazifalarini mardonavor bajargan rossiyalik qahramon-harbiylar halokatiga olib kelgan Rossiyaning Il-20 harbiy samolyoti fojeasi tufayli oʻz nomimdan va butun Suriya xalqi nomidan samimiy hamdardligimni bildiraman", - deyiladi telegrammada, deb yozgan nashr.

Suriya prezidenti, Rossiya samolyotining qulashi Isroilning "manmanligi va beboshligi" natijasi boʻlganligini qayd etgan.

Asadning soʻzlariga koʻra, Tel-Aviv "mintaqada oʻzining oʻta past maqsadlari va agressiyasiga yetishish uchun hamisha eng nopok usullardan foydalanadi".

Ushbu fojia Rossiya va Suriyaning terrorizmga qarshi kurashini toʻxtatishi kerak emas, deb taʼkidlagan Asad.

"Biz shunga aniq ishonch hosil qilamizki, bizu-sizning harbiylarimiz qoni toʻkiladigan, soʻnggi qurboni Il-20 qulashi tufayli halok boʻlgan harbiylar boʻlgan bu singari fojialar bizni birgalikda terrorizmga qarshi kurashishda davom etishdan toʻxtata olmaydi", - deyiladi telegrammada.

Il-20 halokati

Eslatib oʻtamiz, 17 sentyabr kuni soat 22:00da Isroil havo kuchlarining toʻrtta F-16 samolyoti Latakiya shahri yaqinidagi obʼyektlarga hujum uyushtirgan. Isroil uchuvchilari Oʻrta yer dengizi tomondan past uchib nishonga yaqinlashgan.

Oʻzlarining ushbu manyovri bilan, Isroil uchuvchilari ushbu hududda boʻlgan kemalar va uchuvchi apparatlar uchun ataylab xavfli vaziyat yaratishgan. Isroil samolyotlari bomba tashlaydigan nishon Frantsiyaning "Overn"regati hamda Rossiyanin Il-20 samolyoti qoʻnayotgan joyga yaqin boʻlgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya samolyoti ortida yashiringan Isroil uchuvchilari Il-20 qiruvchisini Suriya havo mudofaasi kuchlarining zarbasi ostida qoldirgan. Oqibatda, oʻlchami F-16 samolyotlaridan ancha katta boʻlgan Il-20,  "S-200” raketalarining osongina nishoniga aylangan va bu tufayli 15 nafar Rossiya harbiylari halok boʻlishgan.

Isroil Rossiya qoʻmondonligini rejalashtirilayotgan operatsiya haqida ogohlantirmagan. Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu urib tushirilgan Il-20 va ekipaj halokati uchun javobgarlik toʻliq Isroil zimmasida ekanini maʼlum qilgan. Shoygu ushbu harakat javobsiz qoldirilmaydi, deya vaʼda bergan.

Isroil oʻz aybini rad etib kelmoqda va javobgarlikni toʻlaligicha Damashq, Eron va Livanning "Hezbolloh" harakatiga yuklamoqda.

RIA Novosti taqdim etgan soʻnggi xabarlarga koʻra, Isroil Bosh qoʻmondoni Amikam Norkin boshchiligidagi Isroil armiya delegatsiyasi bugun, payshanba kuni, Moskvaga yetib kelishadi.

Isroil HQK va unga hamrohlik qilayotgan shaxslar roʻy bergan hodisaning toʻliq kartinasini bayon etishlari, ...jumladan, Isroil Mudofaa armiyasi tomonidan oʻtkazilgan surishtiruvning asosiy xulosalarini taqdim etishlari kutilmoqda.

Asosiy mavzular