Kelasi yildan Rossiyada yangi avtomobil raqamlari kiritiladi

© Sputnik / Andrey Iglov / Mediabankka o‘tishVidacha gosudarstvennix nomernix znakov s kodom "82" v Simferopole
Vidacha gosudarstvennix nomernix znakov s kodom 82 v Simferopole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yildan boshlab Rossiyada 10 xil o‘lchamda davlat raqamlari kiritiladi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 2019 yildan boshlab Rossiyada yangi GOST kuchga kiradi, unga ko‘ra har bir transport turiga o‘ziga mos o‘lchamdagi davlat raqamlari beriladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Kommersant" xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi yildan boshlab 10 xil turli o‘lcham va shakllardagi davlat raqamlari joriy etiladi.

Xususan, motosikllar uchun 190x145 millimetr bo‘lgan maxsus raqamlar, Yaponiya va AQSh bozorlaridan olib kelingan avtomobillar uchun maxsus raqamlar, moped, skuter va kvadrotsikllar uchun maxsus davlat belgilari joriy etiladi.

Shuningdek, motosikllarda harakatlanayotgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlari uchun ham qizil rangdagi motosikl nomerlari kiritiladi.

Undan tashqari, sport avtomobillari va klassik avtomobillar uchun ham maxsus davlat raqamlari joriy etiladi. Bunday belgilar "S" yoki "K" harflari bilan boshlanadi.

Ushbu choralar qoidabuzarliklarning oldini olish hamda videoqayd kameralari tomonidan qoidabuzarliklarni samarali qayd qilishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0