23:25 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
57701

Bundan tashqari, qator holatlarda migrantlardan arizani koʻrib chiqish vaqtida 10 ming dollar miqdorida garov kiritishni soʻrashlari mumkin

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. AQSH maʼmuriyati shanba kuni Amerikada qonuniy yashab kelayotgan migrantlarga vizalar va grin-kartalar berishda talablarni keskinlashtirishi haqidagi tashabbusini eʼlon qildi.

Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan eʼlon qilingan 447-sahifali hujjat daʼvogar shaxsga, agar u qator ijtimoiy koʻmaklardan foydalangani aniqlanadigan taqdirda, rad javobini berishni koʻzda tutadi.

Xususan, gap, Medicaid dasturi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanish, oziq-ovqatga talon olish va ijtimoiy boshpana xususida brmoqda.

Bu kabi xizmatlardan foydalanganlik mamlakatda doimiy yashash huquqi uchun berilgan arizani koʻrib chiqishda "muayyan salbiy omil" sifatida baholanishi mumkin.

Bundan tashqari, qator holatlarda migrantlardan arizani koʻrib chiqish vaqtida 10 ming dollar miqdorida garov kiritishni soʻrashlari mumkin.

"Ushbu qaror past daromadga ega boʻlgan millionlab oilalarni hukumatdan yordam olish va Qoʻshma Shtatlarda doimiy yashash oʻrtasida tanlovga majbur etishi mumkin. Huquq himoyachilari bu holat istiqbolda bolalarni oziq-ovqat va sogʻliqni saqlashdan chegaralashi mumkinligidan xavfsirashmoqda", — deb yozadi Politico nashri.

Hukumatning baholashicha, ushbu yangilik yiliga 382 ming kishini qamrab oladi. Bunday choralar daʼvogarlar oʻzini moliyaviy jihatdan taʼminlay olishi hamda AQSH ijtimoiy taʼminoti uchun ortiqcha yuk boʻlmasligini taʼminlashga qaratilgan.

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp, arxiv surat
© Sputnik / Aleksey Filippov

Qaror parlament tasdigʻini talab etmaydi. Ammo u kuchga kirgunga qadar ommaviy muhokamaga qoʻyilishi va bu bir yilcha vaqtni talab etishi mumkin.

Immigratsion islohotlar Trampning saylovoldi vaʼdalaridan biri boʻlgan edi. Meksikadan kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimini toʻxtatish uchun u bu davlat bilan chegarada devor qurishga vaʼda beradi, grin-kartalar, yaʼni AQShda qonuniy yashayotgan migrantlarning qarindoshlari ham ushbu mamlakatga kirish huquqini beruvchi zanjirli immigratsiyani bekor qilish tashabbusini ilgari suradi.

Asosiy mavzular