04:34 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Zenitnыy raketnыy kompleks S-300PS. Arxivnoye foto

Rossiya Suriyaga “S-300” mudofaa tizimini yetkazib berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Dunyoda
Havola olish
658 0 0

C-300 oʻrnatilganidan soʻng Suriya chegarasiga tutash boʻlgan 200 km masofani nazorat qilish imkoniga ega boʻladi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Rossiya, oʻz vaʼdasiga muvofiq, S-300 mudofaa tizimini Suriyaga yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda "Zvezda"  telekanali. 

“Biz kecha toʻrtta S-300 tizimini Suriya hududiga yetkazib berdik. Ular barcha kerakli bloklarni hamda qoʻshimcha radioelektron bloklarni oʻz ichiga olgan”, - dedi Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bergan hisobotida.

“Zvezda” telekanali tomonidan namoyish qilingan videolavhada An-124 samolyotlari Xmeymim aerodromida S-300 majmualarini tushiriayotgani koʻrsatilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, 20 oktyabrga qadar S-300 majmualari jangovar navbatchilikka shay boʻladi. Ular oʻrnatilganidan soʻng Suriya oʻz hududiga yaqin boʻlgan 200 km masofani nazorat qilish imkoniga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 17 sentyabr kuni Isroil Hav kuchlarining Suriya hududiga amalga oshirilgan hujumi vaqtida Rossiyaning razvedkachi samolyoti urib tushirilgan va 15 nafar harbiylari qurbon boʻlgan edi. Shundan soʻng Rossiya hukumati Suriyaga zamonaviy havo mudofaa vositalarini yetkazib berishi haqida eʼlon qilgan edi.

Asosiy mavzular