22:51 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Genidrektor YUNESKO Odri Azule

Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh direktori bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Dunyoda
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
174 0 0

Oʻzbekiston va YUNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi. 

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Parijda YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Odri Azule Shavkat Mirziyoyevni tashrif bilan samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv gʻoyat muhimligini qayd etdi. Bosh direktor Oʻzbekistonning butun insoniyat boyligi boʻlgan madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi siyosatini yuksak baholadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl vo Frantsiyu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

YUNESKO Bosh direktori Oʻzbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasini tuzish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.

Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019 yilda Toshkentda "Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida" mavzuida Osiyo forumini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv soʻngida Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule  Oʻzbekiston bilan YUNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKOning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Eslatib oʻtamiz, YUNESKO va Oʻzbekiston orasida chambarchas madaniy aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazib turiladi. “Sharq taronalari” xalqaro festivali hamda Xalqaro maqom sanʼati forumi ana shular jumlasidan.

Xivadagi «Ichan qalʼa» majmuasi, madaniyatlar chorrahasi -  Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navroʻz, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan. 

Maʼlumot uchun: BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti - YUNESKO 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Uning asosiy maqsadi taʼlim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga koʻmaklashishdir. Bugungi kunda unga 195 ta mamlakat aʼzo hisoblanadi. Oʻzbekiston tashkilotga 1993 yil 26 oktyabrda aʼzo boʻlgan. 

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular