Bag‘dod go‘zalining o‘ldirilishi videosi tarqaldi

© Instagram / its.tarafares"Miss Bagdad — 2015" Tara Fares
Miss Bagdad — 2015 Tara Fares  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyi yakunida 30 yoshli model Tara Fares o‘z mashinasida otib o‘ldirildi.

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Internetda “Bag‘dod go‘zali” Tara Faresning o‘ldirilishi videosi tarqaldi.

Ko‘chaga qo‘yilgan kamera notanish shaxs Fares boshqaruvida bo‘lgan avtomobilga yaqinlashib, unga qarata o‘q uzganligini tasvirga olingan.

Otishmadan so‘ng bu kishi sherigining motosikliga o‘tirib, voqea joyidan ketib qoladi.

Sentabr oyi yakunida 30 yoshli model mashinasida o‘ldirilgan. Tara Fares Iroqning Qurdistoni poytaxti Erbil shahrida istiqomat qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0