AQSh Rossiya pulemotlarining nusxasini ishlab chiqarmoqchi

© Foto : NewsTeam / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov vo vremya spetsoperatsii
Sotrudnik pravooxranitelnix organov vo vremya spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika maxsus qo‘shinlari Rossiyaning PKM va NSV pulemotlarini AQShda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talabi bilan chiqdi.

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. Amerika maxsus qo‘shinlari qo‘mondonligi USSOCOM Rossiyaning dunyoda keng tarqalgan pulemotlarini AQShda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talabi bilan chiqdi, deb yozadi RIA Novosti The National Interest nashriga asosan.

Gap, xususan, PKM - Pulemot Kalashnikova modernizirovanniy, 7,62mm patronli, va NSV - Nikitin, Sokolov, Volkov og‘ir pulemoti, 12,7 mm patronli pulemotlar haqida ketmoqda.

© WikipediaPulemot Kalashnikova modernizirovanniy
AQSh Rossiya pulemotlarining nusxasini ishlab chiqarmoqchi - Sputnik O‘zbekiston
Pulemot Kalashnikova modernizirovanniy

Xabarda aytilishiga ko‘ra, USSOCOM Amerika qurol ishlab chiqaruvchilari orasida ushbu pulemotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida tender e’lon qilgan.  

Ishlab chiqaruvchilar oldiga Rossiyaning ushbu qurollari “texnologiyasi sirini ochish va texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha ularga teng yoki ulardan ustun bo‘lgan nusxasini ishlab chiqarish” sharti qo‘yilgan.  

Shu bilan bir vaqtda AQSh Qo‘mondonligi kompaniyalarni ushbu qurollarning chizmalari va boshqa texnik ma’lumotlarni taqdim etmasligini, kompaniyalar ushbu ma’lumotlarni mustaqil ravishda topishlari lozimligi aytib o‘tilgan.

Agar kompaniyalardan birortasi ushbu qurollarini ishlab chiqarishni uddalasa, ular Rossiya qurollari nusxalarini AQSh hududida amerikada ishlab chiqarilgan detallardan va amerika ishchi kuchi yordamida amalga oshirishi kerak deyilgan.

Nashr xabarida aytilishiga ko‘ra, ikki Rossiya pulemoti – bu ushbu yo‘nalishdagi birinchi qadam bo‘ladi. Kelajakda amerikaliklar xorijda ishlab chiqarilayotgan boshqa qurollarining nusxalarini ham ishlab chiqarishi mumkin, deyilgan maqolada.

Flag Sirii - Sputnik O‘zbekiston
ID omborida NATOning eng zamonaviy qurol-yarog‘lari topildi

Bunga nimab sabab bo‘lgan?

The National Interest muallifi Maykl Pek yozishiga ko‘ra, dunyodagi istalgan qaynoq nuqtada olingan foto yoki videoni ko‘rsangiz, unda jangarilar yoki qo‘zg‘olonchilar qo‘lida albatta Rossiya qurolini yoki uning mahalliy nusxasini ko‘rasiz. Bu oddiy Kalashnikov avtomatidan boshlab og‘ir pulemotlar va raketa ustanovkalarigacha.

AQSh Maxsus qo‘shnlari qo‘mondonligi USSOCOM jangarilar guruhlaridan birortasiga qurol yetkazib berganda, ular dunyo qurol bozorlaridan axtarib, Rossiya qurollarini va uning ehtiyot qismlarini sotib olishga majbur bo‘lmoqda.

Rossiya qurolini sotib olishga shuncha mablag‘ sarflanar ekan, ushbu qurollar nusxalarini Amerikada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa bo‘lmaydimi? Mana shu sababli USSOCOM amerika ishlab chiqaruvchilaridan Rossiya qurollarining nusxasini ishlab chiqarishga qaror qilgan.

Prezident Rossii Vladimir Putin prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Kimo‘zar o‘yini boshlanmoqda: AQSh qurol-aslaha poygasida Rossiyani ortda qoldirmoqchi

Mualliflik huquqlari

Maqola so‘nggida muallif o‘z-o‘ziga Amerika o‘z hududida Rossiya qurol yarog‘ini mualliflik huquqlarini saqlamagan holda ishlab chiqarishi mumkinmikan, degan savol bilan murojaat qilgan. Va shu zahotiyoq “Rossiya va Xitoy shpionlari amerika texnologiyalaridan foydalanishda o‘zlarini tiyib turmagan” degan xulosa bilan buni oqlashga uringan.

Nima bo‘lganda ham xorijiy qurol aslahani allaqanday noma’lum xalqaro qurol savdogarlaridan sotib olgandan ko‘ra amerikada ishlab chiqarish g‘oyasi aqlli fikr – degan so‘zlar bilan maqolaga yakun yasalgan.

Yangiliklar lentasi
0