04:34 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Ramzan Kadыrov

Ramzan Qodirovning soʻzlaridan soʻng chechenistonlik oʻsmir kechirim soʻradi

Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
126010

Moskvada bezorilik qilgan chechenistonlik oʻsmir Ramzan Qodirovning soʻzlaridan keyin hammadan kechirim soʻradi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Moskvada jamoat transportida bezorilik qilgan chechenistonlik oʻsmir Ramzan Qodirovning soʻzlaridan keyin kechirim soʻradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu koʻngilsiz voqea 1 kun oldin sodir boʻlgan edi. Moskva avtobuslaridan birida Chechenistonlik oʻsmir qarama qarshi oʻrindiqda oʻtirgan yoʻlovchilardan “Axmat sila” deyishni talab qilgan va ularga qarata boʻsh alyumin banka uloqtirgan edi.

Ushbu videorolik internetda tarqalganidan soʻng, Ramzan Qodirovning juda qattiq jahli chiqqan va u chechenistonlik talabadan darhol, birinchi reys bilan Groznыyga qaytib ota-onasi bilan uning huzuriga kelishini talab qilgan edi.

“Qayerda boʻlsang ham zudlik bilan, birinchi reysda Groznыyga yetib kelishingni va ota-onang bilan birga meni oldimga kelishingni talab qilaman. Senda bir necha soat vaqt bor xolos. Aks holda qattiq pushaymon boʻlasan”, - degan edi Ramzan Qodirov.

Shu bilan bir vaqtda Qodirov  jabr koʻrgan yoʻlovchilardan kechirim soʻragan va bu oʻsmirning xulq-atvori chechen millatiga mos emasligini aytgan edi.

Bundan biroz oldin Ramzan Qodirov Moskvada oʻqiydigan Chechenistonlik talabalar xulq-atvori buzulgan holda vataniga qaytarilishini aytgan edi.

 

Asosiy mavzular