Saudiya Bosh prokurori jurnalist Xashoggining o‘limi haqida e’lon qildi

© Hatice CengizDjamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Sengiz
Djamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Sengiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalistning o‘limi Saudiya Arabistonida qator iste’folarga olib keldi. Saudiya qiroli shuningdek, qirollik razvedka xizmatini o‘zgartirish va qayta tiklash bo‘yicha buyruq bergan

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi o‘lgan, uning o‘limiga Istanbuldagi konsullikda dipmissiya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan janjal sabab bo‘lgan. Tegishli axborot Saudiya Arabistoni Bosh prokurori Saud al-Muajib tomonidan tarqatildi.

Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga g‘oyib bo‘ldi?

"Xashoggi ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov uning o‘lganini aniqladi. Qirollikning Istanbuldagi konsulligida Xashoggi va u uchrashgan odamlar o‘rtasidagi muloqot janjal va qo‘l ko‘tarishga olib kelgan, natijada bu holat uning o‘limiga sabab bo‘lgan", - bosh prokurorning bu so‘zlari al-Ixbariya telekanalida jarang topgan.

Ommaviy qo‘lga olishlar

O‘n sakkiz nafar saudiyalik fuqarolar izsiz g‘oyib bo‘lgan jurnalist Jamol Xashoggi ishi bo‘yicha hibsga olingan, deb xabar qilgan shuningdek Saud al-Muajib.

"Ma’lumotlarni to‘plash va ularni ommaga e’lon qilish maqsadida qo‘lga olinganlar ustidan tergov harakatlari davom etmoqda. Ular 18 nafar va barchasi saudiya fuqarolaridir", - deb qayd etgan bosh prokuror, uning bu so‘zlari Saudiya axborot agentligida keltirilgan.

Bosh prokuror "bu ishga aloqadorlarning barchasi qonun oldida javob berishini va sud qilinishini" ta’kidlab o‘tgan.

Iste’folar seriyasi

Saudiyalik general Axmd Asiriy qirollik umum razvedka xizmati rahbari o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilgan. Bundan tashqari, qirollik devonxonasi maslahatchisi Saud al-Kaxtaniy ham o‘z egallab turgan lavozimidan mahrum bo‘lgan. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud qirollik razvedka xizmatini o‘zgartirish buyrug‘ini bergan.

Rossiyskiy jurnalist A.Babchenko deportirovan iz Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Kiyevda o‘ldirilgani aytilgan rossiyalik jurnalist Babchenko aslida tirik bo‘lib chiqdi

Davlat rahbari o‘z farmoni bilan razvedka xizmatidagi oliy martabali ofitserlarni iste’foga chiqargan. Ular orasida general Rashid bin Xamad al-Muhammadiy, general Abdalla bin Xalifa ash-Shaia, general Muhammad bin Salah, merosxo‘r shahzoda maslahatchisi general Axmad Asiriylar bor. Ularning barchasi qirollik maxsus xizmatlarida yuqori lavozimlarni egallashgan.

Tramp sanksiya kiritilishini istisno qilmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggining g‘oyib bo‘lishida aybdor bo‘lganlarga nisbatan sanksiya kiritilishini istisno etmasligini aytgan edi.

Jurnalistlar tomonidan berilgan: "Xashoggining izsiz yo‘qolishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv yakuniga ko‘ra sanksiya kiritilishi mumkinmi?", - degan savolga javob berar ekan, Tramp: "Balki", — deb aytgan.

Suhbat matni Oq uy matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Davlat rahbari, AQSh "buni kim, nima uchun va qanday amalga oshirganini aniqlashtirishi lozim", deb qo‘shimcha qilgan. Shundan so‘ng, u qaror qabul qilishi mumkinligini aytib ishontirgan.

Jurnalistning g‘oyib bo‘lishi

2017 yildan Qo‘shma Shtatlarda yashab kelgan, amerikaning Washington Post  nashrida ishlagan saudiyalik jurnalist Xashoggi 2-oktabr kuni izsiz g‘oyib bo‘lgan. U Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligi binosiga kirib ketguncha, u yerdan qaytib chiqmagan.

Yangiliklar lentasi
0