00:31 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

“Uddaburon” jinoyatchi ketchup yordamida pensionerlar pulini oʻgʻirladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Dunyoda
Havola olish
70920

Noanʼanaviy tarzda oʻgʻrilik qilgani uchun Ruminiya fuqarosiga 2,5 yil qamoq jazosi tayinlandi.

TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Buyuk Britaniyada 64-yoshli ruminiyalik Titus Jaliya ketchup yordamida keksa yoshdagi kishilarning pullarini oʻgʻrilaydi.

Metro UK nashri xabar berishicha, may va iyun oylarida “uddaburon” jinoyatchi noanʼaniy usulda 8 ta oʻgʻirlik sodir etishga ulgurdi.

Ushbu kishi keksa yoshdagi kishilarni bank oldi kutib turadi. Ular ortidan borib, ularga yashirincha ketchup sepadi va vahima bilan ularga qon ketayotganini aytadi.

Pensionerlar hayron boʻlib, nima boʻlganini tushunguncha, Jaliya ular yonidagi pullarini oʻgʻrilaydi.

Jinoyatchi kishi ashyoviy dalil bilan qoʻlga olinadi.

Sud unga 2,5 yil qamoq jazosini beradi. Jaliya Ruminiyaga ekstraditsiya qilinishiga tayyorgarlik koʻrmoqda. U yerda jazoni oʻtaydi.

Asosiy mavzular