2018 yil davomida har kuni beshtadan ko‘p teraktlar sodir etilgan - Rashid Alimov

© AFP / IHLAS NEWS AGENCYPostradavshie v rezultate terakta v nochnom klube v Stambule
Postradavshie v rezultate terakta v nochnom klube v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tajovuzlarning yarmidan ko‘pi – jafokash Afg‘onistonda toliblar va “Islom davlati” jangarilari tomonidan amalga oshirilgan

TOShKENT, 31 okt – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Terrorizm tahdidi tobora oshayotgani butun dunyo hamjamiyatini qattiq tashvishga solmoqda, dedi chorshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan ShHT MATT yig‘ilishida ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terror xavfi eng past mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi

"Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, 2018-yilning 9 oyi davomida dunyoda 1550ta terrorchilik aktlari sodir etilgan. Ularning 40 foizi o‘q-otar qurollar va portlovchi moddalar yordamida amalga oshirilgan, 24 foiz holatlarda avtomobil bombalaridan foydalanilgan. Tajovuzlarning yarmidan ko‘pi toliblar va “Islom davlati” deb nomlanuvchi uyushma jangarilari tomonidan shafokash Afg‘onistonda amalga oshirilgan”, - dedi ShHT Bosh kotibi va insoniylikka tamomila zid har bir akt ortida – jabr ko‘rgan begunoh insonlar, mayib taqdirlar, barbod qilingan bino va inshootlar yotibdi, deya qo‘shimcha qildi.

Alimov shuningdek, bir yil oldin Ostonada o‘tkazilgan uchrashuvda ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlari xalqaro terrorizmga birgalikda qarshi kurashish haqidagi bayonotlarida, ayniqsa, butun dunyoda terrorchilik tashkilotlari faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan tahdidlar darajasi ortayotganidan qattiq tashvish bildirishganini eslatib o‘tdi.

"ShHT mamlakatlari yetakchilari, bu holat Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hududida ham ziddiyat oshishiga olib kelishi mumkinligini qayd etgan edilar", - dedi Alimov.

ShHT Bosh kotibi shuningdek, ShHT MATT terrorga qarshi qaratilgan harakatlarni tizimli asosda olib borayotgani, ShHTga a’zo mamlakatlar fuqarolari normal, tinch hayot kechirishlari uchun barcha sayi-harakatlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0